Apple ötgan hafta kattaroq OLED displey, kuçliroq platforma va yaxşilangan kameralarga ega yangi avlod iPad mini planşetini taqdim etgan edi. Bloomberg muxbiri Mark Gurman ma’lumotiga köra, kompaniya endi qolgan planşetlarini ham yangilaşga tayyorlanmoqda: iPad Air, oddiy iPad va iPad Pro’ning yangi versiyalari 2027-yilning birinçi yarmida çiqarilişi kutilmoqda. Bu haqda 9to5Mac naşriga tayanib 3DNews xabar berdi.

Apple iPad planşetlari

iPad Air ham iPad mini kabi OLED ekran oladi. Bunda planşet Face ID örniga Touch ID’ni saqlab qoladi. Unga qaysi protsessor örnatilişi hali tasdiqlanmagan, biroq bu bazaviy M5 çipi bölişi ehtimoli yuqori.

Oddiy iPad 2025-yil bahoridan beri ilk bor yangilanadi. U 8 GB operativ xotirali A19 mobil çipini olişi kutilmoqda, bu esa planşetga Apple Intelligence funksiyalarini qöllab-quvvatlaş imkonini beradi. Simsiz aloqa uçun Apple’ning öz N1 çipi (Wi-Fi 7) va C1X 5G modemi javob beradi. Dizayn va ekranda özgariş kutilmayapti, ammo yangi ranglar qöşilişi mumkin.

iPad Pro esa iPhone 17 Pro smartfonida qöllanilgan buğ kamerali soviş tizimini olişi mumkin. Planşet dizaynida jiddiy özgarişlar kutilmayapti, asosiy yangilik kuçliroq protsessor böladi: M6 yoki M7.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar