Instagram ayrim kontent mualliflariga uzun videolarini yangi Features formatida joylaştiriş evaziga 50 ming dollardan 500 ming dollargaça mablağ taklif qilgan. Bu haqda Business Insider naşri kelişuvlardan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi. The Next Web naşri esa bu raqamlarni mustaqil ravişda tasdiqlay olmaganini qayd etgan.

Kelişuvlar eksklyuziv emas. Manbalardan biriga köra, Instagram blogerlar YouTube’ga yuklaydigan uzun videolarini öşa kunning özida Instagram’da ham e’lon qilişini istaydi. Meta vakili Business Insider’ga kelişuvlar tafsilotlari maxfiy ekanini, kompaniya esa bu kontent efirga çiqişini intiqlik bilan kutayotganini aytgan.

Instagram logotipi

Instagram Features formatini 2026-yil 26-oktabrda e’lon qilgan. Platforma 90 daqiqagaça bölgan videolarni sinovdan ötkazmoqda, biroq hozirça reklama daromadini mualliflar bilan bölişiş rejasi yöq. Taqqoslaş uçun, YouTube hamkorlik dasturi doirasida uzun videolardagi reklama daromadining 55 foizini mualliflarga beradi. Ayni paytda YouTube 2027-yil uçun dasturga qabul talablarini ikki baravar oşirgan.

The Verge naşri yozişiça, e’londan bir neça soat ötib mualliflar Threads va Reddit’da norozilik bildirişgan. Bloger Sidney Raskind uzun videolar mualliflari faoliyatini davom ettiriş uçun reklama daromadiga muhtojligini, ulardan videolarni bepul yuklaşni söraş esa aqlga siğmasligini yozgan. Instagram rahbari Adam Mosseri Threads’da javob berib, Features hali töliq işga tuşirilmaganini va unga kiriş imkoniyati asta-sekin kengaytirilayotganini aytdi. Uning söziga köra, Instagram uzun videolar mualliflariga daromad topişda yordam beriş uçun bir neça variantni örganmoqda.

Eslatib ötamiz, Instagram avval ham IGTV uçun körsatuvlar tayyorlagan mualliflarga pul tölagan, biroq bu xizmat 2022-yilda yopilgan. YouTube esa avgust oyida körsatuvlarni bevosita moliyalaştirişni boşlagan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar