Xitoyning Sunwoda Electric Vehicle Battery (SEVB) kompaniyasi 30-oktyabr kuni Şençjen fond birjasining investorlar bilan muloqot platformasida qattiq jismli batareyasi haqida yangi ma’lumot berdi. Unga köra, loyiha va texnologik jarayonni tekşiriş yakunlangan, batareya esa hozirda mijozlar tomonidan baholanmoqda. CarNewsChina naşrining yozişiça, sinovda qaysi avtomobil işlab çiqaruvçilari qatnaşayotgani va namunalar soni oşkor qilinmagan. SEVB mijozlar sinovi boşlangani haqida ilk bor 2026-yil may oyida xabar bergan edi.
Ayni paytda Sunwoda’ning raqobatçisi CATL 27-oktyabr kuni investorlarga bergan javobida qattiq jismli batareyalarni kiçik partiyalarda işlab çiqarişni 2027-yilda boşlaş rejasini yana bir bor tasdiqladi. CATL sulfidli elektrolitga asoslangan yaçeykalar ustida işlamoqda va 20 Ah siğimli qattiq jismli prototip yaratgan.

Sunwoda’ning «Xin Bixiao» dasturi doirasida yaratilgan 20 Ah siğimli yaçeykasida polimer-kompozit elektrolit qöllangan. Kompaniya ma’lumotlariga köra, uning energiya ziçligi 400 Wh/kg ni taşkil etadi, u 1 MPa dan past taşqi bosim ostida 1200 dan ortiq zaryadlaş sikliga bardoş beradi va 200 °C haroratli issiqlik kamerasi sinovidan ötgan. Yaçeykada 12 mikronli polimer-kompozit membrana va nano ölçamli kremniy anod işlatilgan. Naşrning qayd etişiça, sulfidli batareyalar odatda doimiy taşqi bosimni talab qiladi, ularni işlab çiqarişda esa namlikni qattiq nazorat qiliş kerak, çunki suv bilan reaksiya natijasida zaharli vodorod sulfidi ajralib çiqişi mumkin. Şu bilan birga, yaçeyka darajasidagi natijalar batareyaning butun avtomobildagi samaradorligini hali isbotlamaydi.
Sunwoda yillik loyihaviy quvvati 0,2 GWh bölgan tajriba liniyasini yaratgan. Kompaniya ikkinçi avlod sulfidli batareyasini 2027-yilda, energiya ziçligi 500 Wh/kg dan yuqori yaçeykani esa 2030-yilda taqdim etişni möljallamoqda. Naşr bular tijoriy sotuv sanalari emas, balki işlanma maqsadlari ekanini alohida ta’kidlaydi. Shanghai Metals Market ma’lumotlariga köra, sulfidli elektrolit (Li6PS5Cl) narxi kilogramiga taxminan 3500–4500 yuan, an’anaviy suyuq elektrolitlar esa 30–50 yuan atrofida turadi.
Sunwoda’ning batareya böliminga yirik elektromobil işlab çiqaruvçilari ham sarmoya kiritmoqda. Li Auto dastlabki 8,79 foiz uluş uçun 2,65 mlrd yuan (taxminan 395 mln dollar) kiritişga kelişib olgan, Xiaomi esa 5,34 foiz uluş evaziga 1,7 mlrd yuan (taxminan 253 mln dollar) taklif qilgan, bu bitim aksiyadorlar tomonidan tasdiqlanişi kerak. Bitim amalga oşsa, Li Auto taxminan 8,32 foiz uluş bilan ikkinçi yirik aksiyadorga, Xiaomi esa uçinçi aksiyadorga aylanadi. Biroq aynan şu kompaniyalar hozirgi namunalarni sinayotgani tasdiqlanmagan. Naşr fikriça, batareyaning tijoriy kelajagi avtomobil darajasidagi sinovlar, işlab çiqariş unumi, narx, çidamlilik va batareya bloklariga integratsiya natijalariga bağliq böladi.