TechCrunch naşri xabar berişiça, Readwise startapi kitobxonlar uçun Readwise Books nomli yangi ilovani beta rejimida taqdim etdi. Kompaniyaning özi uni «Kindle va Goodreads ilovalarining aralaşmasi» deb ta’riflaydi: ilova bir vaqtning özida elektron kitoblar dökoni va öqiş jarayonini kuzatiş vositasi vazifasini bajaradi.
Readwise taşqi investitsiyalarsiz, öz mablağlari hisobiga rivojlanib kelayotgan startap bölib, ilgari «keyinroq öqiş» ilovasi va turli servislarda ajratib qöyilgan parçalarni bir joyga jamlovçi vositasi bilan tanilgan. Kompaniya asosçilari — Daniel Doyon va Tristan Homsi.

Ilova dökonida AQŞning eng yirik beş naşriyoti va boşqa naşriyotlarning «millionlab» elektron kitoblari mavjud. Dastlab xizmat faqat AQŞda işlaydi, keyinçalik boşqa davlatlarga ham kengaytiriş rejalaştirilgan. Bosma kitoblar Bookshop.org distribyutori orqali yetkazib beriladi, ayrim audiokitoblar ham bor. Bundan taşqari, ilova matnni ovoz çiqarib öqib bera oladi.
Readwise yangi mahsulotni «öqiş uçun Strava» deb ataydi. Ilova kitob qaçon tugatilganidan taşqari, öqilgan sözlar soni, öqiş tezligi, çuqurligi, berilib öqiş darajasi va seanslar statistikasini körsatadi. Kindle’ning brauzerdagi Cloud Reader versiyasidagi seanslarni kuzatiş, qoğoz kitoblardagi progressni surat orqali qayd etiş hamda DRM himoyasiz EPUB fayllarni yuklaş mumkin.

Ilovada sun’iy intellekt funksiyalari ham bor: öqilgan qisim xulosasi, sözlar ta’rifi, atamalarni izlaş, tarjima va öqilayotgan parça haqida savol beriş. Biroq bu funksiyalar uçun naşriyot ruxsati kerak, hozirça faqat HarperCollins rozilik bergan. Şuningdek, ilova oçiq API va MCP-serverga ega.
Readwise Books hozirça bepul, lekin keyinroq ayrim sun’iy intellekt funksiyalari pullik bölişi kutilmoqda. Ilovadan foydalaniş uçun taklifnoma kerak, Readwise obunaçilari bundan mustasno. Kompaniyaning mavjud ilovalari oyiga 7,99 dollar, ikkalasi birga esa 9,99 dollar turadi. Readwise öz elektron kitob öqiş qurilmalarini sotmaydi. Goodereader ma’lumotlariga köra, Kindle+ (sobiq Kindle Unlimited) bilan birga Amazon elektron kitoblar bozorining 83 foizini egallaydi.