Xitoyning Xpeng kompaniyasi GX va G9L flagman krossoverlarini Yaqin Şarq va Afrikadagi 11 tadan davlatda sotuvga çiqardi. CnEVPost naşri kompaniyaning 3-noyabrdagi bayonotiga tayanib xabar berişiça, ikkala model 2-noyabr kuni Dubayda taqdim etildi va ularga oldindan buyurtma qabul qilinmoqda. GX modeli aynan şu tadbirda xorijda ilk bor namoyiş etildi.

Birlaşgan Arab Amirliklarida GX’ning Flagship Edition versiyasi 299 ming dirham (taxminan 81 410 dollar) turadi, G9L esa oldindan sotuvda 259 ming dirhamdan boşlab taklif qilinmoqda. Yetkazib beriş sanalari hali e’lon qilinmagan. Kompaniya ma’lumotlariga köra, GX mintaqada 4000 dan ortiq buyurtma töpladi, ulardan 800 tasi BAAga töğri keladi.

Xpeng krossoverlarining Dubaydagi taqdimoti

Ikkala model ham BAA, Qatar, Marokaş, Tunis, Quvayt, Bahrayn, Ummon, Livan, Iordaniya va Nigeriyada sotiladi. GX bundan taşqari Misrda, G9L esa Ganada ham taklif etiladi. Modellar Xpeng’ning Kunpeng deb nomlangan yuriş masofasini uzaytiruvçi tizimi bilan jihozlangan. U uzoq safarlar, kuçli jazirama va zaryadlaş infratuzilmasi turliça bölgan şaroitlarga möljallangan. NEDC sikli böyiça umumiy maksimal yuriş masofasi 1210 km ni taşkil etadi. Avtomobillar 800 voltli arxitektura va 5C tezkor quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi: batareya 10 dan 80 foizgaça atigi 10,7 daqiqada quvvatlanadi.

GX — qulaylik, maxfiylik va keng salonga urğu berilgan olti örinli krossover. G9L esa oilaviy sayohatlar va dam oliş uçun möljallangan, örindiqlari moslaşuvçan joylaşgan uç qatorli model.

Xpeng GX va G9L krossoverlari

Xpeng 2026-yil oxirigaça Fors körfazi arab davlatlari hamkorlik kengaşining barça olti bozoriga kirişni rejalaştirmoqda. 2027-yilgaça kompaniya mintaqadagi 20 dan ortiq davlat va hududda 100 dan ortiq savdo va servis nuqtasini oçmoqçi. Keyingi bir yil içida Yaqin Şarqda Xitoy bilan bir vaqtda 6 ta yangi model çiqariladi. Dubaydagi markaziy ehtiyot qismlar ombori servis markazlariga qismlarni 24 soat içida yetkazib bera oladi.

Oktyabr oyida Xpeng xorijga rekord darajadagi 13 326 ta avtomobil yetkazib berdi, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 166 foiz köp. Kompaniyaning oktyabrdagi umumiy yetkazib berişlari ham rekord darajaga — 50 237 taga yetdi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar