OpenAI ChatGPT’ning kompyuter uçun ilovasidagi «Chat» va «Work» bölimlarini birlaştirişni rejalaştirmoqda. Bu haqda kompaniya foydalanuvçilarga yuborgan elektron xatida ma’lum qildi, TechCrunch naşri esa xat mazmunini e’lon qildi.

Hozir ChatGPT’ning kompyuter ilovasida ikkita asosiy qism bor: ChatGPT va Codex. ChatGPT qismining özi esa «Chat» va «Work» deb nomlangan ikki alohida yorliqqa bölingan. OpenAI ma’lumotiga köra, yangi tajriba dastlab fikr-mulohaza bildiriş uçun tanlangan foydalanuvçilarga taqdim etiladi, keyinroq esa kengroq auditoriyaga tarqatiladi.

Smartfon ekranidagi ChatGPT ilovasi belgisi

Kompaniya özgarişning maqsadini quyidagiça tuşuntirdi: foydalanuvçi biror ğoyani örganişdan boşlab, uni ChatGPT yordamida oxirigaça amalga oşirişgaça bölgan jarayonni bitta joyda bajara oladi. Birlaştirilgan oynada fayllar va plaginlarni qöşib, ChatGPT’dan veb-sayt yaratiş, taqdimot tayyorlaş yoki internetdagi vazifalarni bajarişni sörab, uning işini kuzatib turiş mumkin böladi.

Codex esa ChatGPT kompyuter ilovasida alohida bölim sifatida saqlanib qoladi. Şu bilan birga, ChatGPT va Codex bir xil token limitidan foydalanadi. OpenAI’ning yozişiça, aksariyat foydalanuvçilar buni sezmaydi, biroq ayrimlari foydalaniş hajmi va tanlangan modelga qarab limit yangilanişini tez-tez kutişiga töğri kelişi mumkin.

TechCrunch eslatişiça, raqobatçi Anthropic kompaniyasi sentyabr oyida Claude’ning suhbat va Cowork funksiyalarini bitta ekranga birlaştirgan edi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar