Xitoyning S-GAME studiyasi Phantom Blade Zero jangari öyini çiqqanidan keyin uç kun içida 4 mln nusxadan ortiq sotilganini ma’lum qildi. Bu haqda işlab çiquvçi öyinning X ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifasida xabar berib, öyinçilarga minnatdorlik bildirdi.

Phantom Blade Zero S-GAME uçun birinçi katta byudjetli AAA loyiha hisoblanadi. Bungaça studiya asosan mobil öyinlar, jumladan Rainblood ustida işlagan. Videoöyinlar böyiça maslahatçi Daniel Kamilo fikriça, Black Myth: Wukong muvaffaqiyatidan keyin investorlar Xitoyda işlab çiqilayotgan AAA öyinlarni moliyalaştirişga ançagina tayyor bölib qolgan.
SteamDB ma’lumotlariga köra, Phantom Blade Zero Steam’da bir vaqtning özida öynaganlar soni böyiça 2026-yilda çiqqan bir kişilik öyinlar orasida rekordçiga aylandi: bu körsatkiç 834 mingga yaqinni taşkil etgan.
Öyin 29-oktabr kuni PC (Steam va Epic Games Store) hamda PlayStation 5 platformalarida çiqdi. Syujetga köra, boş qahramon ölimga olib keluvçi jarohat olganidan söng fitnani oçiş va öz nomini oqlaş uçun atigi 66 kunga ega böladi.