Sony PlayStation 5 uçun möljallangan PlayStation VR2 (PSVR 2) virtual reallik garniturasi sotuvini töxtatişga tayyorlanayotganga öxşaydi. Road to VR naşri xabar berişiça, kompaniya qurilmani AQŞ va Yaponiyadagi PlayStation rasmiy onlayn dökonidan olib taşlagan. Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyada garnitura hozirça sotuvda körinmoqda, Kanada, Avstraliya va Yangi Zelandiyada esa dökon xaridorlarni boşqa sotuvçilarga yönaltirmoqda.

Naşr ma’lumotlariga köra, Sony garniturani direct.playstation.com saytidan oktyabr örtalaridan olib taşlay boşlagan. Amazon’da Horizon Call of the Mountain öyini bilan birga sotiladigan toplam va oddiy versiyaning mavjudligi 2026-yil boşidan beqaror bölib, hozir deyarli nolga tuşgan. Best Buy va Walmart’da qolgan nusxalar faqat ustama narxda, uçinçi tomon sotuvçilari orqali taklif qilinmoqda: masalan, Best Buy’da narx 750 dollar.

Garnituraning dastlabki 550 dollarlik narxdagi zaxiralari tugaganga öxşaydi. 2025-yil martida narx doimiy ravişda 400 dollargaça tuşirilgan edi, biroq bu narxda ham qurilmani topiş qiyin. Muallifning ta’kidlaşiça, «Qora juma» savdolariga taxminan uç hafta qolgan, odatda esa dökonlar bayram çegirmalari oldidan zaxiralarni köpaytiradi.
Sony bu borada rasmiy izoh bermagan. Miş-mişlarga köra, kompaniya 2023-yil fevralida çiqqan garnituraning past sotuvlari sabab 2024-yil martida işlab çiqarişni töxtatgan va uni qayta tiklamagan. Şuningdek, Sony Blood & Truth öyinini yaratgan London Studio’ni yopgan va Horizon Call of the Mountain muallifi Firesprite studiyasida xodimlar sonini qisqartirgan. 2024-yil avgustida esa PSVR 2 rasmiy ravişda kompyuterdagi VR öyinlar bilan ham işlaydigan bölgan edi.