Xitoyning Geely Auto kompaniyasi 3-noyabr kuni Lyaonin provinsiyasidagi Şenyan şahrida Galaxy Xingyao 6 EF sedanini taqdim etdi. CnEVPost naşri xabar berişiça, Geely uni «dunyodagi birinçi seriyali metanol gibrid oilaviy avtomobili» deb atamoqda. Maşina metanol, benzin yoki elektr energiyasida harakatlana oladi, metanol va benzinni esa bitta bakda istalgan nisbatda aralaştiriş mumkin. Nomdagi EF qisqartmasi E-fuel degan ma’noni bildiradi.

Model uç versiyada taklif etilmoqda. Rasmiy narxlar 86 800 yuandan 106 800 yuangaça, vaqtinçalik çegirmalar bilan esa 76 800 yuandan (taxminan 11 440 dollar) 96 800 yuangaça.

Geely Galaxy Xingyao 6 EF metanol gibrid sedani

Avtomobil plagin-gibrid bölib, 1,5 litrli metanol dvigateli, elektr motor va litiy-temir-fosfat (LFP) batareyasi bilan jihozlangan. Dvigatelning issiqlik samaradorligi 48,15 foizni taşkil etadi. Geely’ning ta’kidlaşiça, bu seriyali metanol dvigatellari orasida dunyodagi eng yuqori körsatkiç. Unda 350 barli yuqori bosimli bevosita purkaş va yuqori energiyali öt oldiriş tizimi qöllanilgan, dvigatel -40°C ga yaqin sovuqda ham işga tuşa oladi. Metanol konsentratsiyasi datçigi esa aralaşma nisbatiga qarab yoqilği purkaş va öt oldirişni moslaştiradi. Yoqilği quyiş taxminan 3 daqiqa vaqt oladi.

CLTC sikli böyiça elektr yuriş masofasi boşlanğiç versiyada 130 km, qolgan ikkitasida esa 230 km. Töla metanol baki va töla quvvatlangan batareya bilan umumiy masofa taxminan 1250 km, benzin bilan esa 1880 km gaça yetadi. Sedan Geely’ning GEA arxitekturasiga qurilgan: uzunligi 4806 mm, kengligi 1886 mm, balandligi 1490 mm, ğildiraklar oralığı 2756 mm, yukxona hajmi 609 litr. Salonda Flyme Auto 2 tizimi, 14,6 dyuymli markaziy sensorli ekran va 10,25 dyuymli raqamli asboblar paneli örnatilgan.

Galaxy Xingyao 6 EF sedanining taşqi körinişi

Geely metanol texnologiyalarini 2005-yildan beri tadqiq qilib kelmoqda. Geely Holding raisi Eric Li oktyabrdagi konferensiyada 6000 dan ortiq Xingyao 6 EF sedani taksi, onlayn taksi va xizmat avtomobili sifatida işlatilayotganini aytgan. Kompaniya vitse-prezidenti Victor Yang esa Xitoyda 1400 dan ortiq metanol quyiş şoxobçasi qurilganini ma’lum qilgan. Galaxy sub-brendi oktyabr oyida 153 385 ta avtomobil sotdi: bu ötgan yilga nisbatan 20,32 foiz köp va ilk bor 150 mingdan oşgan körsatkiç.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar