Yevropa Komissiyasining dastlabki xulosasiga köra, TikTok’ning tavsiyalar algoritmi foydalanuvçilarni potensial zararli videolarning çeksiz oqimiga tortadi va undan çiqişni qiyinlaştiradi. Regulyator fikriça, «For You» lentasi tuşkun kayfiyat, yolğizlik va taşqi körinişdan norozilik hislarini kuçaytirişi mumkin, bu esa Raqamli xizmatlar töğrisidagi qonun (DSA) talablariga zid. Bu haqda 3DNews naşri Yevropa Komissiyasining raqamli strategiya saytiga tayanib xabar berdi.
Algoritm körilgan videolar, layklar va boşqa harakatlarni hisobga oladi: foydalanuvçi biror turdagi kontent bilan qançalik köp aloqada bölsa, unga şunça köp öxşaş videolar körsatiladi. Komissiyani ayniqsa voyaga yetmaganlar va himoyaga muhtoj kattalar xavotirga solmoqda. Depressiya, yolğizlik va taşqi köriniş haqidagi kontentni qayta-qayta köriş ularning ruhiy salomatligiga zarar yetkazişi mumkin.

Regulyatorning ta’kidlaşiça, TikTok takrorlanuvçi lentalar keltirib çiqaradigan xavflarni yetarliça baholamagan va ularni çeklaş uçun samarali çoralar körmagan. «Qiziq emas» tugmasi har doim ham işlamaydi, foydalanuvçi bunday kontentni körişni istamasligini bildirgan taqdirda ham videoni tomoşa qiliş vaqti tavsiyalarga kuçli ta’sir qilişda davom etadi.
Komissiya vaziyatni tuzatiş uçun tomoşa vaqtini tavsiya signali sifatida işlatişdan voz keçiş, foydalanuvçilarning xohişlarini yaxşiroq hisobga oliş, kontentni boşqariş sozlamalarini soddalaştiriş va algoritmni zararli kontent yuzasidan muntazam tekşirib turişni taklif qilmoqda.
TikTok bu xulosalarga qöşilmadi: kompaniya ularni notöğri deb atadi va ular platforma qanday işlaşini buzib körsatayotganini aytdi. TikTok foydalanuvçilar xavfsizligi uning uçun ustuvor ekanini va tavsiyalarni boşqariş uçun vositalar taqdim etişini ta’kidladi.
Bu hali dastlabki xulosalar: TikTok iş materiallari bilan tanişib, yozma e’tirozlarini taqdim eta oladi. Agar qoidabuzarlik tasdiqlansa, kompaniyaga yillik global aylanmasining 6 foizigaça jarima solinişi mumkin. Tekşiruv 2024-yil fevralida boşlangan. 2026-yil fevralida Komissiya TikTok’ni çeksiz aylantiriş, avtomatik ijro va bildirişnomalar kabi qaramlik uyğotuvçi funksiyalarda ayblagan edi, yangi da’vo esa aynan tavsiyalar algoritmiga taalluqli.