Reddit 3-noyabr kuni qidiruv natijalari sahifalarida reklama joylaşni sinovdan ötkazayotganini e’lon qildi. TechCrunch naşri xabar berişiça, bu reklama beruvçilarga mahsulotlar, tavsiyalar va boşqa ma’lumotlarni qidirayotgan foydalanuvçilarga murojaat qiliş imkonini beradi.

Kompaniya ma’lum qilişiça, reklamalar bir qator omillarga, jumladan foydalanuvçi sörovi mazmuniga mosligiga qarab körsatiladi. Masalan, «espresso station» deb qidirilganda espresso maşinalari, qahva yoki krujkalar reklamasi, «home office setup» sörovida esa monitorlar, stollar va ofis stullari reklamasi çiqişi mumkin.

Reddit qidiruv natijalaridagi reklama namunasi

Hozirça bu dastlabki sinov bölib, unda faqat tanlangan reklama beruvçilar qatnaşmoqda. Reddit foydalanuvçilar reaksiyasini örganib, vaqt öta tizimni takomillaştirib borişini aytdi.

Yangilik Reddit investorlarni qidiruv trafiki kamayayotgani haqida ogohlantirganidan bir neça kun ötib paydo böldi. Kompaniya 29-oktyabrda uçinçi çorak hisobotini e’lon qildi: daromad va har bir aksiyaga foyda Wall Street kutganidan yuqori böldi, ammo aksiyalar baribir arzonlaşdi. CNBC ma’lumotiga köra, Reddit törtinçi çorak uçun 1–1,03 mlrd dollar daromad kutmoqda, tahlilçilar esa 1,05 mlrd dollar kutgan edi. Kompaniya qidiruvdan kelayotgan trafik kamayişini Google’ning AI Mode kabi sun’iy intellektli qidiruv vositalariga ötişi bilan bağladi.

Uçinçi çorakda dunyo böyiça kunlik faol foydalanuvçilar soni oldingi çorak darajasida — 130,3 mln kişi atrofida qoldi. AQŞda esa bu körsatkiç 53,2 mlndan 50,7 mlngaça tuşdi. Şuningdek, Reddit bosqiçma-bosqiç, avval AQŞdan taşqaridagi bozorlarda faqat hisobga kirgan foydalanuvçilar uçun işlaydigan tizimga ötişini e’lon qilgan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar