Binance kriptovalyuta birjasidan 6,3 mlrd dollarlik aktivlar ögirlanişiga olib kelgan xakerlik hujumi soxta iş suhbatidan boşlangan. Bu haqda birja seşanba kuni jurnalistlar uçun ötkazilgan brifingda ma’lum qildi, deb yozadi CoinDesk. Binance rahbari Richard Teng’ning aytişiça, FBI hujumni Şimoliy Koreya bilan boğliq xakerlarga nisbat bergan. Teng söziga köra, bu «köp oylar davomida qurilgan kampaniya» bölgan.

Sentabr oyida Binance’ning dasturiy ta’minot muhandisi bilan qonuniy iş qidiriş platformasi orqali özini loyiha direktori deb tanitgan şaxs boğlangan. Soxta HR xodimi u bilan video orqali suhbat ötkazgan va işonç qozoniş uçun şaxsiy suratlar joylangan ijtimoiy tarmoq akkauntini körsatgan. Ikkinçi suhbatda özini kompaniya rahbari deb atagan odam muhandisdan kod yoziş böyiça topşiriqni iş kompyuteriga yuklab olişni söragan. Faylda himoya tizimlarini aylanib öta olgan, ilgari ma’lum bölmagan zaiflikdan foydalanuvçi zararli dastur bor edi.

Binance’ga qilingan hujumning xronologiyasi

Bundan avval, iyun oyida yana bir muhandis sun’iy intellekt vositasini qidirayotib, özgartirilgan Homebrew paketini örnatgan. Binance buni aniqlab, qurilmani almaştirgan, biroq birja ma’lumotiga köra, muhandis va uning hamyonlar bilan işlaydigan hamkasblari xavf ostida qolavergan. 20-oktyabr kuni xakerlar buzilgan kompyuter va içki sun’iy intellekt vositasi yordamida hamyonlar bilan işlovçi ikki muhandisning kompyuterlariga kirişgan.

29-oktyabr kuni hujumçilar ögirlangan kiriş ma’lumotlari yordamida konteyner işga tuşirib, zararli skriptni ijro etgan. Mablağlar UTC böyiça soat 20:05 da çiqib keta boşlagan. Xaker Ethereum’ning EIP-7702 funksiyasidan foydalanib, «issiq» hamyon ustidan ijro huquqini qölga kiritgan. Binance’ning issiq hamyonlari köp tomonlama hisoblaş (MPC) texnologiyasida işlagani sababli, bu huquqni birorta kalit bilan bekor qilib bölmagan. Hujum 30-oktyabr kuni UTC böyiça soat 00:10 da töla töxtatilgan.

Birja ma’lumotlariga köra, 2,85 mlrd dollarga yaqin aktiv muzlatilgan, zarar körgan tokenlarning qariyb 98 foizi esa kompaniya mablağlari hisobidan qoplangan. Teng bu voqea foydalanuvçilarga ta’sir qilmasligini aytdi. Binance bu yil Şimoliy Koreya bilan boğliq deb gumon qilingan 57 ta hujum urinişining oldini olgan. Endi birja voqeani örganiş uçun mustaqil kiberxavfsizlik mutaxassislarini jalb qiladi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar