Bethesda kompaniyasi The Elder Scrolls VI öyinining töliq nomini rasman oşkor qildi: u The Elder Scrolls VI: Sentinel deb ataladi. Nom Bethesda Softworks’ning 40 yilligiga bağişlangan videoda ma’lum qilindi, unda ijodiy direktor Todd Howard işirok etdi. 3DNews naşri yozişiça, bu öyin böyiça sakkiz yil içida çiqqan birinçi yangi tizerdir: avvalgi safar loyiha 2018-yilda E3 körgazmasida körsatilgan edi.

The Elder Scrolls VI: Sentinel logotipi

Tizer Hammerfell Oliy qiroliçasiga xizmat qiluvçi Kapalak-Ajdod kulti ruhoniysi Yazarning sözlari bilan yakunlanadi: «Örama faqat milt-milt etdi — xuddi közim oldida biroz kötarilgan parda kabi. Yöqotilgan kelajak». Yazarning hikoyasi Törtinçi davrning 206-yilida bölib ötadi. Taqqoslaş uçun, Skyrim voqealari 201-yilda bölib ötgan edi.

The Verge jurnalisti Tom Warren avvalroq Sentinel nomi haqida xabar bergan edi. Uning ma’lumotlariga köra, öyin voqealari Hammerfell provinsiyasida bölib ötadi. Bundan taşqari, Sentinel seriyaga nom bergan Elder Scrolls artefaktlarining sirlarini oçib beradigan birinçi qism bölişi aytilmoqda.

Öyin 2023-yil yozidan beri faol işlab çiqilmoqda. Biroq Bloomberg muxbiri Jason Schreier’ning ma’lumotlariga köra, uning çiqişiga hali kamida ikki-uç yil bor. Platformalar va çiqiş sanasi hozirça e’lon qilinmagan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar