Nvidia Janubi-Şarqiy Osiyoda öz sun’iy intellekt tezlatkiçlaridan foydalaniş ustidan nazoratni kuçaytirmoqda. Bloomberg naşri xabar berişiça, mintaqadagi bulut provayderlari Nvidia Cloud Partner (NCP) rasmiy hamkori maqomini oliş uçun Fleet Intelligence monitoring tizimiga ulanişi kerak böladi.

NCP maqomi bulut platformalariga talab yuqori bölgan tezlatkiçlarni birinçi navbatda oliş imkonini beradi. Fleet Intelligence esa örnatilgan Nvidia uskunalari, jumladan alohida tezlatkiçlarning qayerda joylaşgani haqida ma’lumot töplaydi. Bu çiplar sotilganidan keyin qayerda işlatilayotganini aniqlaşga yordam beradi. Naşrga köra, kompaniya şu yöl bilan Amerika çiplarining vositaçilar va noqonuniy kanallar orqali Xitoy bozoriga yetib borişiga tösqinlik qilmoqçi.

Nvidia’ning GPU holatini kuzatiş paneli

Şu bilan birga, barça ma’lumotlar bevosita Nvidia yoki AQŞ hukumatiga uzatilişi tasdiqlanmagan. Hamkorlar uçun qöyilgan talabdan taşqari Fleet Intelligence’da qatnaşiş ixtiyoriy bölib qolmoqda, tizim esa uskunaning koordinatalarini işlab çiqaruvçiga avtomatik ravişda yubormaydi. Hozirgi hamkorlar maqomini saqlab qoliş uçun monitoringga ulanişi şartmi va qoida boşqa mintaqalarga ham tatbiq etiladimi, hozirça noma’lum. Nvidia vaziyatga izoh bermadi.

AQŞ kompaniyalariga ilğor sun’iy intellekt tezlatkiçlarini maxsus ruxsatsiz xitoylik xaridorlarga sotiş taqiqlangan. Biroq rasmiylar milliardlab dollarlik uskunalar baribir vositaçilar orqali Xitoyga yetib borayotganini, Janubi-Şarqiy Osiyo esa asosiy tranzit mintaqalardan biriga aylanganini taxmin qilmoqda. Masalan, AQŞ prokurorlari Super Micro bilan bağliq şaxslarni umumiy qiymati taxminan 2,5 mlrd dollar bölgan, Nvidia tezlatkiçlari örnatilgan serverlarni Xitoyga olib ötiş sxemasini taşkil qilişda ayblagan.

Fleet Intelligence ötgan yil oxirida ma’lumotlar markazlarini boşqariş vositasi sifatida taqdim etilgan edi. U uskunaning joylaşuvini taxminiy aniqlaş va holatini kuzatiş uçun GPU telemetriyasi hamda tarmoqdagi keçikişlardan foydalanadi. Endi bu texnologiya xaridorlarni nazorat qiliş uçun ham qöllanmoqda.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar