Motorola birinçi Signature modelining davomçisi bölgan Signature 27 flagman smartfonini rasman taqdim etdi. iXBT.com GSMArena va Motorola ma’lumotlariga tayanib xabar berişiça, qurilmaning tavsiya etilgan narxi 1600 dollar yoki 1900 yevro. Ayrim mamlakatlarda sotuvçilar va hamkorlar uni 1400 yevroga taklif qilmoqda. Yevropa, Yaqin Şarq va Afrikada sotuvlar 16-noyabrdan boşlanadi, smartfon ikki rangda çiqariladi.

Motorola Signature 27 smartfoni

Smartfon kremniy-uglerodli elementlarga ega 7000 mAh batareya oldi, bu avvalgi modeldagidan 35 foiz köp. Simli quvvatlaş 90 Vt gaça, simsiz quvvatlaş esa 50 Vt gaça yetadi. Boşqa qurilmalarni simsiz 5 Vt va simli 4,5 Vt quvvat bilan zaryadlaş ham mumkin. 6,78 dyuymli 1,5K AMOLED ekran 120 Gs yangilaniş çastotasida işlaydi va ikki qatlamli Tandem OLED texnologiyasiga asoslangan. Uning eng yuqori yorqinligi tasvirning kiçik qismida 12 ming nitgaça yetadi. Işlab çiqaruvçi ma’lumotiga köra, ekran birinçi Signature’dagiga nisbatan 34 foiz kam energiya sarflaydi va 121 foiz uzoqroq xizmat qiladi.

Qurilma Snapdragon 8 Elite Extreme Gen 6 protsessori, 12 yoki 16 GB operativ xotira va 256 yoki 512 GB doimiy xotira bilan jihozlangan. ArcticMesh sovutiş tizimida mikroolmos zarraçalari qöşilgan termogel va maydoni 8384 mm² bölgan buğlatiş kamerasi bor, bu oldingi modeldagidan 40 foiz katta.

Motorola Signature 27 kameralari

Asosiy kamerada 1/1,28 dyuymli 50 Mp Sony Lytia 910 sensori, F/1,6 diafragma va optik stabilizatsiya qöllangan. Periskop modul 200 Mp li, keng burçakli kamera esa 50 Mp li bölib, 122 gradusni qamraydi. Old kamera ham 50 Mp va 4K video yozadi. Asosiy kameralar 8K formatda sekundiga 30 kadr va Dolby Vision bilan 4K formatda sekundiga 120 kadrgaça video yozadi. Tez harakatlanayotgan obyektlarni suratga oliş uçun EVS datçigi ham mavjud. DxOMark reytingida Signature 27 faqat Huawei Pura 80 Ultra’dan keyin ikkinçi örinni egalladi.

Smartfon korpusi alyuminiy ramka, keramika va şişadan iborat, ekranni Gorilla Glass Ceramic 3 himoya qiladi. Qurilma IP68 va IP69 standartlari böyiça çang va suvdan himoyalangan, qalinligi 7,99 mm, oğirligi 227 gramm. Signature 27 Android 17 bilan çiqadi va unga yetti marta yirik tizim yangilanişi va’da qilingan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar