Sony’ga qaraşli Santa Monica Studio God of War Laufey öyinining çiqiş sanasini keçiktirdi. Studiya X ijtimoiy tarmoğidagi rasmiy sahifasida e’lon qilişiça, öyin 2027-yil 16-fevral örniga 20-mayda sotuvga çiqadi. Şunday qilib, çiqiş qariyb uç oyga surildi.

Studiya keçiktiriş sababini batafsil tuşuntirmadi. Bayonotda işlab çiquvçilar hamjamiyatning ularga bildirgan işonçini qadrlaşini ta’kidlagan. Ularning söziga köra, qöşimça vaqt öyinga söngği sayqal beriş va uni imkoniyatlarining eng yuqori darajasiga yetkaziş uçun sarflanadi.
God of War Laufey faqat PlayStation 5 uçun çiqadi. StopGame naşri xabar berişiça, öyinning ikki xil nusxasiga oldindan buyurtma qabul qilinmoqda. Bu seriyadagi birinçi öyin bölib, unda boş rolni Kratos emas, uning rafiqasi Fey ijro etadi.

Game Informer ma’lumotiga köra, Kratosning skandinav sarguzaştlaridan tanış bölgan Fey vafotidan keyin Everywhen deb atalgan olamga tuşib qoladi va u yerda turli mifologiyalarga mansub maxluqlar bilan jang qiladi. Engadget esa yangi sana öyinni keyingi yil boşidagi gavjum çiqişlar jadvalidan, jumladan Sony’ning 28-yanvarda çiqadigan Until Dawn 2 öyinidan uzoqlaştirişini qayd etdi.