Valve kompaniyasi SteamVR platformasi uçun 2.19.1 versiyali beta yangilanişini çiqardi. Road to VR naşri xabar berişiça, u Steam Link funksiyasini qöllab-quvvatlaydigan barça mustaqil VR garnituralarida uzatilayotgan tasvir sifatini yaxşilaydi. Steam Link Steam kutubxonasidagi öyinlarni Wi-Fi orqali Meta Quest, HTC Vive Focus va PICO garnituralariga uzatiş imkonini beradi.

Valve’ning ma’lum qilişiça, yangilanişdan söng VR striming paytida matnlar aniqroq, ranglar tiniqroq körinadi, tasvirdagi mayda detallar esa yaxşiroq saqlanadi. Yaxşilanişlar striming orqali işlaydigan barça VR ilovalari, SteamVR interfeysi, iş stolini uzatiş, uçinçi tomon overleylari hamda virtual kinoteatr ekraniga taalluqli.
Asosiy özgarişlardan biri: Steam Link endi uzatilayotgan PC VR kontenti uçun standart holatda yuqoriroq tavsiya etilgan render ruxsatini qöllaydi. U garnitura ekrani ruxsatidan 1,4 baravar yuqori qilib belgilanadi. Bundan taşqari, kodlaşdan oldin rang ma’lumotlarini pastroq ruxsatga ötkaziş uçun sifatliroq filtr işlatiladi. Valve’ning ta’kidlaşiça, bu mayda rangli detallarni saqlab qoliş imkonini beradi.

Road to VR yangilanişni Valve’ning Steam Frame garniturasida kompyuterdan simsiz striming sifatini yaxşilaş yölidagi sa’y-harakatlari bilan bağlaydi.
Yangilanişni hozirdan sinab köriş uçun Steam kutubxonasida SteamVR ustida siçqonçaning öng tugmasini bosib, «Properties» bandini tanlaş, söngra «Game Versions & Betas» bölimida «Beta – SteamVR Beta Update» variantini belgilaş kerak. Özgarişlarning töliq röyxati Steam’dagi SteamVR yangiliklar sahifasida e’lon qilingan.