BYD’ga tegişli premium Denza brendining yirik N9 krossoveri töliq elektr versiyada Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi (MIIT) yangi avtomobillar katalogining 413-sonli röyxatida paydo böldi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, model QCJ6530ABBEV1 va QCJ6530ABBEV2 rusumlari ostida qayd etilgan, ular bir-biridan faqat tormoz tizimi bilan farq qiladi. Hozir bozorda Denza N9 faqat plagin-gibrid (PHEV) körinişida sotilmoqda.
Denza N9 EV uç elektr motorli töliq privodga ega: oldingi motor 270 kVt, orqadagi ikki motorning har biri 310 kVt quvvat beradi. Umumiy eng yuqori quvvat 890 kVt, ya’ni 1194 ot kuçini taşkil etadi, maksimal tezlik esa 240 km/soat. Avtomobil BYD’ning Denza Z9 GT’da ham qöllanilgan e3 (Yisanfang) platformasiga qurilgan va alohida orqa ğildiraklarni burış tizimi bilan jihozlangan.

Hujjatlarga köra, krossoverning uzunligi 5270 mm, kengligi 2030 mm, balandligi 1830 mm, ğildiraklar oraliği esa 3125 mm. Avtomobilning öz vazni 3105 va 3180 kg, töla vazni 3760 kg qilib belgilangan. Birinçi versiyada FinDreams’ning IPB tormoz tizimi, ikkinçisida esa Bosch uskunalari örnatilgan. Model beş va olti örinli salon variantlarida taklif etiladi, opsiya sifatida 22 dyuymli ğildiraklar ham mavjud. Tomda LiDAR datçigi joylaşgan.

Krossover FinDreams işlab çiqargan litiy-temir-fosfat (LFP) batareyasi bilan jihozlanadi. Biroq batareya siğimi, yuriş masofasi va quvvatlaş tezligi hujjatlarda körsatilmagan. Elektr versiyaning narxi hali e’lon qilinmagan. Taqqoslaş uçun, Denza N9 gibridi Xitoyda 389 800 yuandan 469 800 yuangaça (taxminan 58 345–70 320 dollar) sotilmoqda. Naşr elektr N9 uçun asosiy raqobatçi sifatida 499 800 yuandan boşlanadigan Aito M9 elektr krossoverini körsatmoqda.