Yandex Uzbekistan 2026-yil oxirigaça Toşkentda Yandex Lavka servisidan buyurtmalarni robotlar yordamida yetkazib beriş xizmatini işga tuşirişni rejalaştirmoqda. Spot naşri kompaniya matbuot xizmatiga tayanib xabar berişiça, hozir robotlar sinovdan ötkazilmoqda va şahar şaroitiga moslaştirilmoqda.
Robotlar oziq-ovqat mahsulotlari, tayyor taomlar va kundalik ehtiyoj tovarlarini şahar böylab 2 km gaça bölgan masofaga yetkazadi. Servis va’da qilingan vaqtda yetkazib beriş mumkinligini oldindan baholaydi: foydalanuvçi buyurtmani rasmiylaştirayotganda ilovada robotning taxminiy yetib keliş vaqtini köradi.

Robotlar piyoda tezligida harakatlanadi. Ular lidar va ultratovuş datçiklari, svetofor signallarini taniydigan hamda atrofdagi obyektlar harakatini oldindan baholaydigan bort kompyuteri bilan jihozlangan. Qurilmalar tösiqlarni aylanib ötadi va yölni piyodalar ötiş joyidan kesib ötadi. Olti yetakçi ğildirak tufayli ular 10 sm gaça balandlikdagi bordyurlar va notekis yuzalardan öta oladi. Kompaniya ma’lumotiga köra, robotlar yomğirda ham işlay oladi.
Kutilmagan vaziyatlarda boşqaruvni masofaviy operator öz qöliga oladi. Kompaniya yöldan ötuvçilardan robotlarni kötarmaslik va joyidan siljitmaslikni, zarurat bölsa korpusdagi QR-kod orqali qöllab-quvvatlaş xizmatiga murojaat qilişni söradi.
Sinov bosqiçidan söng Yandex xizmatni bosqiçma-bosqiç kengaytirişni, unga ekotizimning boşqa servislarini ulaşni va texnologiyani uçinçi tomon mijozlariga ham taklif qilişni rejalaştirmoqda. Eslatib ötamiz, Yandex robotlari Toşkent köçalarida ilk bor 2026-yil iyulida körilgan edi, Yandex Lavka esa poytaxtda 2024-yil kuzida işga tuşgan.