Sony MDR-3R simli quloqçinlarini taqdim etdi. Ularning dizayni birinçi Walkman kasseta pleyeri — TPS-L2 bilan birga çiqqan mumtoz MDR-3 modeliga asoslangan. Bu haqda 3DNews naşri PR Newswire va 9to5Google’ga tayanib xabar berdi.

Kompaniya yangi modelni asl quloqçinlarning aniq qayta tiklangan nusxasi deb ataydi. Qadoq va foydalaniş qöllanmasi ham eski uslubda bezatilgan. MDR-3R xuddi asl MDR-3 kabi yengil va oçiq turdagi quloqçin bölib qolgan, quloq yostiqçalari esa mumtoz modeldagidek kök va töq sariq rangda.
Asosiy farq — ulagiçda: quloqçinlar zamonaviy qurilmalarga USB Type-C orqali ulanadi. Simda boşqaruv pulti va qönğiroqlar uçun içki mikrofon bor. Ovoz uçun MDR-3’dagi kabi 23 mm li dinamik drayverlar qöllanilgan. Sony’ning aytişiça, tovuş asl modelga yaqin, ammo hozirgi tinglovçilarning didiga moslab sozlangan.

Kompaniya Netflix’ning Stranger Things serialiga bağişlangan MDR-3R Stranger Things Edition versiyasini ham çiqardi. Uning dizayni serial qahramoni Maks taqqan quloqçinlar va «Teskari dunyo»dan ilhomlangan: korpusda serial logotipi, quloq yostiqçalari esa qizil-qora rangda.
Oddiy MDR-3R’ning tavsiya etilgan narxi 59,99 dollar bölib, u allaqaçon sotuvga çiqqan. Stranger Things Edition 79,99 dollar turadi va hozirça oldindan buyurtma asosida sotilmoqda.