Tesla Şanxaydagi Gigafactory zavodida işlatiladigan ehtiyot qismlarning mahalliylaştiriş darajasini 98 foizga yetkazdi. Kompaniya bir neça yildan beri bu körsatkiçni «95 foizdan ortiq» deb kelgan edi. CnEVPost naşri xabar berişiça, yangi raqam Şanxayda payşanba kuni oçilgan 9-Xitoy xalqaro import körgazmasi (CIIE) doirasida e’lon qilingan rasmiy press-relizda keltirilgan.

Tesla Xitoyda 400 dan ortiq mahalliy birinçi darajali yetkazib beruvçi bilan hamkorlik qiladi, ulardan 60 dan ortiği kompaniyaning global ta’minot zanjiriga kirgan. Xitoylik hamkorlar bilan birgalikda işlab çiqilgan yeçimlarga misol sifatida Model Y L örindiqlaridagi qöltiq va oyoq tayançlari keltirilgan. Model Y L avval Xitoyda sotuvga çiqqan, söngra Yaponiya, Janubiy Koreya va Avstraliyaga, 2026-yil iyulida esa AQŞ bozoriga kirgan. Bu yil Tesla’ning Şanxaydagi tadqiqot va innovatsiya markazi qurib bitkazilganiga 5 yil töldi.

Tesla’ning CIIE körgazmasidagi stendi va Cybercab

Zavod qurilişi 2019-yil yanvarida boşlangan, işlab çiqariş esa öşa yilning oxirida yölga qöyilgan. Bu Xitoydagi töliq xorijiy kapitalga tegişli birinçi avtomobil işlab çiqariş loyihasidir. Zavodning yillik quvvati taxminan 1 mln avtomobilni taşkil etadi, u asosan Model 3 va Model Y işlab çiqaradi. Umumiy maydoni qariyb 730 ming kvadrat metr bölib, uning 93,3 foizini işlab çiqariş sexlari egallaydi. Örtaça har 30 soniyadan sal köproq vaqtda bitta avtomobil tayyor böladi, sanoat çiqindilaridan qayta foydalaniş darajasi esa 94 foizdan yuqori.

Model Y elektromobilining içki tuzilişini körsatuvçi maket

Körgazmada Tesla yaqinda sotuvga çiqqan Model Y Performance, qismlarga ajratilgan Model Y maketi, insonsimon robot hamda rul va pedallari bölmagan Cybercab uçuvçisiz elektromobilini namoyiş etdi. Kompaniyaning global miqyosda yetkazib bergan avtomobillari soni 2026-yilning uçinçi çoragi yakuniga köra 10 mln donadan oşgan.

Xitoy yengil avtomobillar assotsiatsiyasi (CPCA) ma’lumotlariga köra, Tesla China 2026-yil oktabr oyida eksport bilan birga 67 829 ta avtomobilni ulgurji sotgan. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 10,3 foiz köp, sentabrga nisbatan esa 28,88 foiz kam. Yanvar–oktabr oylarida kompaniyaning ulgurji sotuvlari 810 889 donaga yetib, yillik hisobda 21,42 foizga ösdi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar