BYD’ga qaraşli premium Yangwang brendi Abu-Dabidagi global taqdimotda yangi flagmani – Altior sedanini namoyiş etdi, deb xabar berdi CarNewsChina naşri. Işlab çiqiş jarayonida HU kod nomi bilan yuritilgan model Rolls-Royce Ghost, Mercedes-Maybach S-Class va Maextro S800 bilan raqobatlaşadi. Avtomobilga oldindan buyurtmalar 2 080 000 yuan (taxminan 311,5 ming dollar) narxdan qabul qilinmoqda, depozit esa 300 ming yuan (taxminan 45 ming dollar). Yakuniy narx, sotuv bozorlari hamda batareya va yuritmaning aniq xususiyatlari hali oşkor qilinmagan.

Yangwang Altior sedani

Tört örinli sedanning uzunligi 5600 mm, kengligi 2030 mm, balandligi 1590 mm, ğildiraklar oraliği esa 3500 mm ni taşkil etadi. Orqa eşiklar oldinga emas, orqaga qarab oçiladi: old eşiklar 80 darajaga, orqa eşiklar 90 darajaga oçiladi, eşik ramasiga esa soyabon uçun joy qurilgan. Old panjara qadimiy xitoy Ding bronza idişidan ilhomlanib yaratilgan va qimmatbaho toş kabi qirralangan 137 ta elementdan iborat. Kuzovda ikki xil rangli böyoq, yon tomonda qölda çizilgan 4,8 metrlik ikki qatorli çiziq va 24 karatli oltindan yasalgan emblema bor.

Salonda orqa yölovçilar uçun «nol gravitatsiya» rejimidagi yotiladigan örindiqlar örnatilgan: ular standart törtta massaj boşi, oyoq tayanği va elektr pardalar bilan jihozlangan. Şampan qadahlari uçun elektr yuritmali alohida bölma ham bor. Tugma bosilganda old yölovçi örindiği tekis yotadi va öng tomondagi orqa yölovçiga oldinga tösiqsiz qaraş imkonini beradi. Audiotizim Dynaudio kompaniyasining Platinum Evidence seriyasidagi 39 ta dinamikdan iborat. Yangwang sotuv bölimi boş menejeri Hu Xiaoqing ma’lum qilişiça, model uç yil davomida işlab çiqilgan, faqat old qismi uçun 100 dan ortiq dizayn varianti körib çiqilgan.

Yangwang Altior salonidan körinişi

Altior BYD’ning törtta elektr motorli e⁴ platformasiga qurilgan. U ikkinçi avlod Blade batareyasini oladi, CLTC sikli böyiça yuriş masofasi 1000 km dan oşadi. 1000 V arxitektura megavatt darajasidagi tezkor quvvatlaşni qöllab-quvvatlaydi. Avtomobilda BYD’ning 4 nm texnologiyasidagi Xuanji A3 çipi, tomga örnatilgan LiDAR va keyingi avlod God’s Eye haydovçiga yordam tizimi mavjud: u şahar yöllari va avtomagistrallarda töxtaş joyidan töxtaş joyigaça navigatsiya bilan yordam bera oladi. Yöl sirtini oldindan kuzatuvçi kameralarga ega DiSus osmasi notekisliklarga millisekundlarda javob beradi. Işlab çiqaruvçi yuqori tezlikda şina yorilganda barqarorlikni saqlaş, suvga tuşganda favqulodda suzib turiş va joyida aylaniş imkoniyatlarini tasdiqlagan.

Yangwang Altior taqdimoti

BAAda Yangwang mahalliy distribyutor Al-Futtaim orqali faoliyat yuritadi. Altior brendning U7 sedani, U8 va U8L krossoverlari hamda U9 elektr superkaridan iborat qatoriga qöşildi. China EV DataTracker ma’lumotlariga köra, 2026-yil yanvar–sentabr oylarida Yangwang Xitoyda 3251 ta avtomobil sotgan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 38,9 foiz köp.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar