Bloomberg naşri xabar berişiça, OpenAI yangi moliyalaştiriş raundining birinçi qismini yopdi va investorlardan 11 mlrd dollar oldi. Uşbu bitimda kompaniya 1,25 trln dollarga baholangan.

Manbaga köra, kelgusi haftalarda raund hajmi 20 mlrd dollargaça oşişi mumkin. Yangi baholaş mart oyida qayd etilgan 852 mlrd dollarlik körsatkiçdan ança yuqori.

OpenAI logotipi

Dastlab OpenAI 1,4 trln dollarlik baholaş bilan 30 mlrd dollardan ortiq mablağ jalb qilişni rejalaştirgan edi. Biroq IPO muddatlari surilgani va texnologiya bozoridagi vaziyat yomonlaşgani sabab kompaniya maqsadlarini qisqartirdi.

Naşrning yozişiça, hisoblaş infratuzilmasi xarajatlari ösib borayotgani uçun investorlar sun’iy intellekt kompaniyalariga nisbatan ehtiyotkorroq bölib qolgan. Bundan taşqari, AQŞdagi oraliq saylovlar bilan boğliq holda ma’lumotlar markazlari qurilişiga siyosiy çeklovlar kiritiliş ehtimoli ham noaniqlik tuğdirmoqda.

OpenAI boş direktori Sem Altman

Şunga qaramay, sakkiz oy içida OpenAI’ning qiymati 852 mlrd dollardan 1,25 trln dollargaça ösdi. Raundning yakuniy hajmi hali aniqlanmagan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar