Starlink sun’iy yöldoş interneti xizmati Wi-Fi 7 standartini qöllab-quvvatlaydigan birinçi routeri – Router 4’ni yetkaziş boşladi. iXBT.com naşri Starlink va Notebookcheck ma’lumotlariga tayanib xabar berişiça, 6-noyabrdan boşlab router AQŞ va Kanadada Residential 200 Mbps yoki Residential Max tariflarini tanlagan yangi mijozlarga Starlink V4 töplami tarkibida berilmoqda.

Kompaniya Router 4’ni sentyabr oyida namoyiş etgan edi, biroq öşanda sotuvga çiqiş muddatlarini aniq aytmagan.

Starlink Router 4 Wi-Fi routeri

Starlink ma’lumotlariga köra, yangi router 325 kvadrat metrgaça maydonni qamrab oladi va bir vaqtning özida 510 tagaça qurilmani ulay oladi. U 802.11a/b/g/n/ac/ax standartlaridan tortib 802.11be (Wi-Fi 7) standartigaça qöllab-quvvatlaydi, uç diapazonli radiotizimga ega, MU-MIMO va OFDMA texnologiyalari hamda WPA2 va WPA3 himoya protokollari bilan işlaydi. Router 4’da 6 GGs diapazoni uçun alohida radiomodul yöq, bu uni boşqa köplab Wi-Fi 7 routerlaridan ajratib turadi.

Qurilmada PoE’ni qöllab-quvvatlaydigan ikkita Ethernet porti bor. Router WAN yoki USB-C orqali quvvat oladi, uning vazni taxminan 400 grammni taşkil etadi va u xona içida foydalaniş uçun möljallangan.

Avval Starlink Standard 4X töplamlari Wi-Fi 6 standartidagi Router 3 bilan yetkazilgan. U 297 kvadrat metrgaça maydonni qamragan va 235 tagaça qurilmani qöllagan. Şunday qilib, yangi modelning qamrov maydoni taxminan 9 foizga kattalaşgan, ulanadigan qurilmalar soni esa ikki baravardan köproq oşgan.

AQŞda Residential 200 Mbps tarifi oyiga 85 dollar turadi va yuklab oliş tezligini 200 Mbit/s bilan çeklaydi. Oyiga 130 dollarlik Residential Max tarifi esa 400 Mbit/s dan yuqori tezlikni va’da qiladi. Naşr ta’kidlaşiça, Wi-Fi 7 imkoniyatlari sun’iy yöldoş aloqasi tezligidan ança yuqori.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar