Google’ning boş kompaniyasi Alphabet sentabr oyi oxiriga kelib Qualcomm’ning qariyb 3 mln aksiyasiga ega bölgan. Bu uluşning qiymati 547,9 mln dollarni taşkil etadi. The Next Web naşri xabar berişiça, bu ma’lumot Alphabet’ning uçinçi çorak uçun 6-noyabrda taqdim etgan hisobotida keltirilgan.

Xabar tarqalgaç, Qualcomm aksiyalari AQŞ birjasida savdolar oçilişidan oldin 3 foizdan köproq qimmatlaşdi. Hujjatda aksiyalar qaçon va qanday maqsadda sotib olingani aytilmagan, ikkala kompaniya ham bu borada izoh bermagan.
Xuddi şu hisobotda Alphabet SpaceX’dagi uluşini ham oşirgani körsatilgan. Sentabr oxiriga kelib kompaniyada Ilon Mask raketa kompaniyasining qariyb 555 mln aksiyasi bölgan, avval bu raqam 551,2 mln edi. Google SpaceX’ga ilk bor 2015-yilda sarmoya kiritgan.
Ötgan hafta Qualcomm’ning smartfon çiplari sotuvi böyiça çoraklik natijasi Wall Street kutganidan past çiqdi, kompaniya buni talabning sustligi bilan izohladi. Şu bilan birga, u ma’lumotlar markazlari yönalişi daromadi böyiça kutilganidan yaxşiroq prognoz berdi. Qualcomm 2025-yil oktabrida ma’lumotlar markazlarida sun’iy intellekt modellarini işga tuşiradigan ilk çiplari AI200 va AI250’ni taqdim etgan, keyinroq esa TikTok egasi ByteDance bilan maxsus sun’iy intellekt çiplari böyiça kelişuv tuzgan.

Ikki kompaniya allaqaçon hamkorlik qiladi: Snapdragon çiplari köplab Android smartfonlarida işlatiladi, avtomobillar uçun sun’iy intellekt agentlari böyiça hamkorlik esa yaqinda kengaytirildi. Unda Google Cloud’ning Gemini modellari Qualcomm’ning avtomobil platformasi bilan birlaştiriladi. Ayni paytda ular raqobatçi hamdir: Google ma’lumotlar markazlari uçun TPU deb ataluvçi öz çiplarini işlab çiqaradi, Qualcomm esa aynan şu bozorga kirişga harakat qilmoqda.