Samsung va Google Warby Parker brendi bilan hamkorlikda yaratgan aqlli közoynaklarga 2026-yil 12-noyabrdan boşlab oldindan buyurtma beriş mumkin böladi. Bu haqda Warby Parker ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Gizmodo naşri.

Samsung va Warby Parker aqlli közoynaklarining ikki modeli

Warby Parker hamrahbari Deyv Gilboa kompaniya hisoboti doirasida közoynaklar rasman dekabrda sotuvga çiqişini tasdiqladi. 3DNews avvalroq yozişiça, sotuv dekabr örtalarida va dastlab faqat Koreya hamda AQŞda boşlanadi. Warby Parker barça modellarni, jumladan, linza va rang variantlarini ham e’lon qiladi. Manbalarda közoynaklarning narxi keltirilmagan.

Bu qurilmaning bozorga çiqişiga köp vaqt ketdi: Samsung Warby Parker bilan hamkorligini may oyida e’lon qilgan, rasmiy taqdimot esa iyul oxirida bölib ötgan.

Kamerali aqlli közoynak qölda

Aqlli közoynaklarga jamoatçilik munosabati esa bir xil emas. Kamera va mikrofon örnatilgan bunday qurilmalardan yaşirin suratga oliş uçun foydalaniş mumkin. Yangi Zelandiyalik qöşiqçi Lorde odamlarni aqlli közoynak sotib olmaslikka oşkora çaqirgan.

Yevropada ham çeklovlar muhokama qilinmoqda. Norvegiyada bunday közoynaklarni butun mamlakatda taqiqlaş masalasi körib çiqilmoqda, Germaniyaning Gamburg şahrida esa ayrim joylarda, jumladan, jamoat transporti va basseynlarda çeklovlar amal qilmoqda. AQŞda bu soha hali kamroq tartibga solingan. Ötgan hafta bir guruh senatorlar Meta rahbari Mark Sukerbergga rasmiy murojaat yöllab, kompaniyaning maxfiylik siyosati va ma’lumotlarni himoya qiliş çoralari, jumladan, sun’iy intellekt modellarini öqitişda işlatiladigan ma’lumotlar haqida tuşuntiriş berişni söragan.

Gizmodo muallifining fikriça, Samsung va Google Meta bölmagani uçun bunday e’tibordan çetda qolişi mumkin, biroq umumiy norozilik ularga ham ta’sir qilişi ehtimoldan xoli emas.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar