Xitoy yengil avtomobillar assotsiatsiyasi (CPCA) baş kotibi Cui Dongshu 8-noyabr kuni yangi modellar böyiça tahlilni e’lon qildi. CnEVPost naşri xabar berişiça, 2026-yilning yanvar–oktabr oylarida bozorga çiqarilgan yangi SUV modellarining 56 foizi uzunligi 5–5,5 metr bölgan avtomobillardir. 2024-yilda bu körsatkiç 17 foiz edi.

Xuddi şunday holat yangi energiya bilan yuradigan avtomobillarda (NEV) ham kuzatilmoqda. Uzunligi 5 metrdan oşadigan modellar uluşi 2024-yildagi 34 foizdan 2026-yilda 58 foizgaça kötarilib, yangi NEV modellarining yarmidan oşdi. Uzunligi 4,5–5 metr bölgan modellar uluşi esa 55 foizdan 40 foizgaça tuşdi.

Uzunligi 5280 mm bölgan Lynk & Co 900L krossoveri

Umuman olganda, yilning dastlabki 10 oyida yengil avtomobillarning 129 ta butunlay yangi modeli çiqarilgan, bu ötgan yilning şu davridagidan 21 taga köp. Oktabr oyining özida 17 ta yangi model taqdim etilgan: bu oldingi yillarning oktabr oylari uçun nisbatan yuqori körsatkiç hisoblanadi.

Cui Dongshu’ning aytişiça, kuçli narx raqobati işlab çiqaruvçilarni model qatorini kengaytirişga undamoqda, yirik SUV va miniven avtomobillar esa texnologiyalarni namoyiş etiş va foydani saqlab qoliş uçun muhim maydonga aylangan. Kiçik NEV modellari kamayişini u subsidiyalar bekor qilinişi va xarajatlar bosimi bilan izohladi. Ayni paytda u bu raqamlar xaridorlar tanlovini emas, yangi modellar tarkibini körsatişini ta’kidladi: yirik avtomobillar uluşi çakana sotuvda ham xuddi şunday oşgan degani emas.

Lynk & Co 900L krossoverining yondan körinişi

Cui’ning fikriça, Xitoyda avtomobilga egalik darajasi hali ança öşişi mumkin, kiçik avtomobillarga bölgan talab ham e’tiborga loyiq. U ekonom toifadagi avtomobillar uçun standartlar belgilaş va mikro elektromobillarni rağbatlantirişni taklif qildi. 2026-yil iyulida esa u Xitoy soliq tizimi NEV vazni va quvvatini çeklamasligini aytib, kattalaşişni jilovlaydigan soliq çoralarini körişga çaqirgan edi. Avtomobillar oğirlaşib borayotgani haqida Nio asosçisi Uilyam Li ham 5-noyabr kuni Wuzhen’dagi forumda ogohlantirib, buning bir sababi ba’zi modellarda batareya siğimi oşib borayotgani ekanini aytgan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar