Xiaomi Auto 2026-yil oktabr oyida 50 168 ta avtomobil yetkazib berdi. Bu kompaniyaning joriy yildagi eng yuqori oylik natijasidir. CnEVPost naşri xabar berişiça, aniq raqam 9-noyabrda e’lon qilingan Xitoy yölovçi avtomobillari assotsiatsiyasi (CPCA) hisobotida ma’lum böldi. 1-noyabrda Xiaomi faqat yetkazib berişlar 50 mingdan oşganini aytgan edi.

Natija ötgan yilning oktabriga nisbatan 3,11 foizga (48 654 ta), sentabrga nisbatan esa 25,37 foizga (40 015 ta) oşdi. Şu bilan ketma-ket ikki oy davom etgan yillik pasayiş töxtadi. Xiaomi ikkinçi marta 50 ming talik marradan ötdi, biroq 2025-yil dekabrida qayd etilgan 50 212 talik rekordga 44 ta avtomobil yetmadi.

Xiaomi Sky Nomad N70 krossoveri dengiz böyida

Ösişni uzaytirilgan yuriş masofali (EREV) Sky Nomad seriyasi ta’minladi. Ushbu seriyani yetkazib beriş 7-sentabrda boşlangan va u bilan Xiaomi EREV bozoriga kirib keldi. Oktabrda 27 147 ta Sky Nomad yetkazildi, bu sentabrdagi 12 444 tadan 118,15 foiz köp. Seriyaning uluşi 54,11 foizni taşkil etib, birinçi marta umumiy hajmning yarmidan oşdi. N70 modelidan 14 558 ta, N90 modelidan esa 12 589 ta yetkazildi. Kompaniya 8-oktabrda seriya savdoga çiqqanidan keyingi 30 kun içida qat’iy buyurtmalar 70 mingdan oşganini ma’lum qilgan edi.

Xiaomi Sky Nomad N90 Max krossoveri

Elektromobillar sotuvi esa kamaydi: SU7 va YU7 birgalikda 23 021 ta yetkazildi, bu sentabrdagidan 4550 ta kam. SU7 12 984 ta bilan yillik hisobda 13,39 foizga, oylik hisobda 17,57 foizga pasaydi. Modelning yillik körsatkiçi ketma-ket 13-oy, oylik körsatkiçi esa ketma-ket uçinçi oy pasaymoqda. YU7 10 037 tani taşkil etib, ötgan yilning oktabridagi 33 662 tadan 70,18 foiz, sentabrga nisbatan esa 15,08 foiz kam böldi.

Yilning dastlabki ön oyida Xiaomi 336 658 ta avtomobil yetkazdi, bu 6,75 foizlik ösişdir va 550 ming talik yillik maqsadning 61,21 foizini taşkil etadi. Maqsadga erişiş uçun noyabr va dekabrda 213 342 ta, ya’ni oyiga örtaça 106 671 ta avtomobil kerak, bu oktabr hajmidan taxminan 2,1 baravar köp. Kompaniyaning umumiy yetkazib berişlari 887 966 taga yetdi.

CPCA ma’lumotlarida ulgurji va çakana raqamlar ilk bor farq qildi: çakana sotuv 50 123 ta böldi. CnEVPost farqni taşkil etgan 45 ta avtomobilni eksport deb hisoblaydi, ularning qayerga ketgani oşkor etilmagan. Sentabrda Xiaomi 2027-yilda Yevropa bozoriga kiriş rejasi doirasida Germaniyadagi dastlabki 8 ta diler guruhi bilan anglaşuv memorandumlarini imzolagan edi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar