Ilon Maskning Terafab yarimötkazgiçlar majmuasi 2032-yilgaça oyiga 1 mln kremniy plastinani qayta işlaş darajasiga çiqişni rejalaştirmoqda. Bu haqda nemis ComputerBase naşri xabar berdi, 3DNews esa uning ma’lumotlarini keltirdi. Reja böyiça, qariyb 700 ming plastina xotira çiplari, 300 mingdan ortiği esa mantiqiy çiplar uçun işlatiladi.
Taqqoslaş uçun: Samsung hozir DRAM xotirasi uçun oyiga taxminan 650–700 ming plastinani qayta işlaydi. Demak, Terafab’ning xotira böyiça maqsadi Janubiy Koreya kompaniyasining hozirgi hajmi bilan teng bölişi mumkin. ComputerBase’ga köra, Terafab vakillari bu rejalarni yarimötkazgiç uskunalari yetkazib beruvçilarga taqdim etgan. Ammo loyiha olti yil içida bunday hajmga qanday erişişi aniq emas.

Majmua AQŞning Texas ştatidagi Grimes okrugida qurilmoqda, loyihada Tesla, SpaceX va Intel iştirok etadi. Bir joyda fotoşablonlar işlab çiqariş, litografiya, çiplarni korpuslaş va sinovdan ötkaziş jamlanadi. Çiplar Tesla’ning Optimus insonsimon robotlari hamda SpaceX’ning koinotdagi ma’lumotlar markazlari uçun möljallangan.
Ommaviy işlab çiqariş 2028-yilning uçinçi çoragida boşlanişi kutilmoqda. Maskning özi bu jadval juda ziç ekanini va muddat 2028-yilning törtinçi çoragiga surilişi mumkinligini tan olgan, mustaqil tahlilçilar esa uni amalga oşsa böladigan deb hisoblaydi. Loyihaning tadqiqot markazi ilk işlaydigan sinov çiplarini 2027-yilning may yoki iyun oyida olişni kutmoqda.
Qurilişga dastlabki sarmoya 16,8 mlrd dollar deb baholanmoqda. ComputerBase bu mablağ e’lon qilingan kölam uçun yetarli ekaniga şubha bildiradi: naşr ta’kidlaşiça, Samsung şunga yaqin xotira quvvatlari uçun yuzlab milliard dollar sarflagan.