Xitoyning Li Auto kompaniyasi Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi kengayişini tezlaştirmoqda. CnEVPost naşri xabar berişiça, kompaniya seşanba kuni e’lon qilgan bayonotida Tailand, Gonkong, Singapur, Filippin va Vyetnam bozorlari uçun hamkorlik şartnomalari imzolanganini ma’lum qildi.

Tailandda biznesni Li Auto’ning şöba kompaniyasi yuritadi, dilerlik hamkorlari esa Evante va Infinite Automobile Company böladi. Gonkongda boş distribyutor sifatida Zung Fu Group Hong Kong tanlangan. Singapurda kompaniya Wearnes Automotive, Filippinda Dangdang New Energy Auto Service, Vyetnamda esa Neera Motors bilan işlaydi.

Aprel oyida Li Auto Makao, Kambodja, Laos va Myanma uçun ham şartnomalar imzolagan, iyun oyida esa Makaoda rasman iş boşlagan. Şu tariqa bu yil kompaniyaning Osiyo-Tinç okeani mintaqasidagi bozorlari soni 9 taga yetdi. Biroq bayonotda Singapur, Filippin va Vyetnamdagi narxlar, yetkazib beriş muddatlari va sotuv boşlanadigan sana oşkor qilinmagan.

Li Mega elektr miniveni

Öng rulli Li Mega dekabr oyida Tailand xalqaro avtosalonida (Thailand International Motor Expo) debyut qiladi, söngra Gonkongda brend va model taqdimotlari bölib ötadi. Li Mega kompaniyaning flagman elektr miniveni va uning birinçi öng rulli flagman modelidir. Li Auto bir yil içida bittadan ortiq öng rulli model taqdim etişni va’da qilgan, ammo ularning nomlari aytilmagan.

Öng rulli Li Mega 11 kVt quvvatli zaryadlaşni va CCS Type 2 ulagiçini qöllab-quvvatlaydi, uning komplektatsiyalari ASEAN NCAP böyiça 5 yulduzli xavfsizlik standartlariga mos ravişda işlab çiqilgan. Mahalliy bozorlar uçun oyna şişalari, davlat raqami ölçamlari, salondagi 220 voltli rozetkalar, mahalliy tillar, SIM-kartalar, ma’lumot xizmatlari va multimedia ekotizimi moslaştirilgan. Li Auto xalqaro biznesi böyiça vitse-prezidenti Nestor Vu kompaniya mahsulot va xizmatlarni moslaştirişda mahalliy hamkorlar bilan işlaşini aytdi.

Kompaniya Yevropada asosan elektromobillarga, Yaqin Şarq va Markaziy Osiyoda esa masofasi uzaytirilgan modellarga urğu bermoqda. Li Auto 2025-yil oktabrida Özbekistonda xorijdagi birinçi çakana savdo markazini oçgan. 2026-yil sentabrida BAA’da yangi Li L9 sotuvga çiqarilgan, oktabrda Parij avtosalonida namoyiş etilgan Li i6 (mahalliy nomi Li 6) esa 2027-yilning birinçi çoragida Norvegiya va Niderlandiyada xaridorlarga yetkazila boşlaydi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar