Raqamli iş maydoni platformasi Notion sun’iy intellekt infratuzilmasi böyiça hamkori Fireworks AI’da sodir bölgan buzib kiriş natijasida bir neçta iş maydonidagi Notion AI çat yozuvlari oşkor bölganini ma’lum qildi. Bu haqda BleepingComputer naşri xabar berdi. Notion Fireworks AI xizmatlaridan Notion AI orqali taklif etiladigan ayrim oçiq vaznli modellarni işga tuşiriş va Insights funksiyasi uçun saqlangan suhbatlarni tahlil qiliş uçun foydalangan.

Fireworks AI oktabr oyida ikki marta hujumga uçragan. Oktabr boşida xakerlar ayrim akkauntlarning maxfiy sifatida saqlangan API kalitlari va tokenlari bölgan muhit özgaruvçilariga kirişga erişgan. 23-oktabrda esa hujumçi uçinçi tomon bulut provayderi orqali kompaniyaning işlab çiqiş muhitiga kirgan va ayrim mijozlarning resurs metama’lumotlari, hisob-kitob ma’lumotlari, model vaznlari hamda ma’lumotlar töplamlari zarar körgan.

Notion AI agentlari interfeysi

2-noyabrda Fireworks Notion’ni oşkor bölgan ma’lumotlar töplami haqida ogohlantirgan, naşrning yozişiça, unda faqat sintetik test ma’lumotlari bölgan. 3-noyabrgaça Notion Fireworks’ga trafikni uzgan, provayder tizimlaridagi barça ma’lumotlarni öçirgan va öqitiş jarayonlarini töxtatgan. 8-noyabrda esa Fireworks mijozlar ma’lumotlariga, jumladan Notion foydalanuvçilarining ma’lumotlariga kiriş amalga oşirilganini tasdiqlagan.

Oşkor bölgan yozuvlar Insights ma’lumotlar töplamidan olingan. Bu funksiya iş maydoni administratorlariga jamoalari sun’iy intellektdan qanday foydalanayotganini körsatadi va hozir Notion uni öçirib qöygan. Kompaniyaning aytişiça, zarar körgan suhbatlarning aksariyati muallif yoki iş maydoniga bağlanmagan va ularda vositalar çaqiruvi natijalari yöq. Notion’ning bildirişiça, Fireworks Notion ma’lumotlarini umuman saqlamaslik majburiyatini şartnoma asosida olgan edi.

Zarar körgan iş maydonlari egalariga Notion’ning kompyuter yoki veb versiyasidagi Security incident review bölimi orqali ma’lumotlarni körib çiqiş tavsiya etiladi. Foydalanuvçilar ham bunday çatlarga kiritilgan parollar, API kalitlari va boşqa hisob ma’lumotlarini almaştirişi kerak. Agar foydalanuvçi ham, uning iş maydoni egasi ham bildiriş olmagan bölsa, Notion hozirça heç narsa qiliş şart emasligini aytdi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar