Apple HomeView qurilmasini yetkazib berişni boşladi. iXBT.com naşrining MacRumors’ga tayanib xabar berişiça, 13-noyabr kuni Avstraliya va Yangi Zelandiyadagi ilk xaridorlar oldindan buyurtma qilgan qurilmalarini qabul qilib oldi.

HomeView bir oy oldin aqlli uy ekotizimining markaziy elementi sifatida taqdim etilgan edi. Kompaniya ğoyasiga köra, u ixçam planşet va HomePod aqlli kolonkasining gibrididir. Qurilma 7 dyuymli kvadrat displey va örnatilgan kamera bilan jihozlangan.
Tizim oilaning oltitagaça a’zosini tanib oladi va har biriga şaxsiylaştirilgan ma’lumotlarni körsatadi. HomeView yordamida video qönğiroqlar qiliş, video köriş, taqvim va ob-havo ma’lumotlarini kuzatiş, musiqa tinglaş hamda aqlli uy qurilmalarini boşqariş mumkin. Qurilmaning alohida App Store dökoni yöq: unda Apple’ning oldindan örnatilgan ilovalari va iPhone’dan olingan vidjetlar mavjud.

HomeView ikki xil variantda taklif etiladi: akustik asosga ega stol versiyasi va devorga örnatiladigan versiya. Qurilmaning dasturiy asosini iOS 27 da taqdim etilgan, sun’iy intellektga ega Siri’ning yangi versiyasi taşkil etadi.
HomeView narxi 300 dollarni taşkil etadi, devorga mahkamlaş uçun moslama esa alohida sotiladi.