Xitoyning Xpeng elektromobil işlab çiqaruvçisi payşanba kuni Londonda Buyuk Britaniyadagi ilk brend kunini ötkazdi va mamlakat bozoriga Mona L03 hamda G9L krossoverlarini olib kirdi. CnEVPost naşri xabar berişiça, ikkala modelga buyurtmalar allaqaçon qabul qilinmoqda. Mona L03 narxi 32 990 funtdan (taxminan 43 660 dollar), flagman G9L narxi esa 64 990 funtdan boşlanadi.
Kupe uslubidagi Mona L03 krossoveri Buyuk Britaniyada beş xil versiyada taklif etiladi: Standard Range, Long Range, Long Range Ultra, AWD Performance va masofa oşirgiçli Power X Long Range. Töliq elektr versiyasi bir marta quvvatlanganda 520 km gaça, Power X versiyasi esa 1016 km gaça yura oladi. Ultra versiyasida haydovçiga yordam funksiyalari uçun Xpeng’ning özi işlab çiqqan ikkita Turing çipi örnatilgan. Mijozlarga yetkazib beriş 2027-yil yanvarida boşlanadi.

Uç qator örindiqli G9L flagman krossoverida orqa ğildiraklarni burış tizimi va elektr yuritmali uçinçi qator örindiqlar barça versiyalarda standart hisoblanadi. Uning masofa oşirgiçli Power X versiyasi 1154 km gaça yuriş zaxirasiga ega. G9L yetkazib berişlari 2027-yil fevralida boşlanadi. Kompaniya 2027-yilda VLA 2.0 asosidagi yangi NGP haydovçiga yordam tizimini ham masofadan yangilanişlar orqali Buyuk Britaniyaga olib kelişni rejalaştirmoqda, biroq bu regulyatorlar ruxsatiga boğliq.

Xpeng 2027-yilda 20 ta yirik diler guruhi va lizing kompaniyalari bilan hamkorlikda mamlakatda 100 ga yaqin savdo va servis nuqtasini oçmoqçi. Yaqin olti oy içida London va Mançesterda uçta flagman dökon oçiladi. Kompaniya keyingi 12 oyda Buyuk Britaniyada beşta yangi öng rulli modelni taqdim etişni va 2028-yilgaça mamlakatdagi birinçi raqamli premium elektromobil brendiga aylanişni maqsad qilgan.
Eslatib ötamiz, Xpeng Buyuk Britaniya bozoriga 2025-yil fevralida G6 modeli bilan kirgan edi. Oktabr oyida kompaniya xorijga rekord darajadagi 13 326 ta avtomobil yetkazib berdi, bu ötgan yilgiga nisbatan 166 foiz köp. Oyning umumiy yetkazib berişlari ham rekord – 50 237 tani taşkil etdi.