Ekransiz fitnes bilaguzuklari işlab çiqaruvçisi Whoop 2026-yil 12-noyabr kuni Whoop Humans nomli ijtimoiy tarmoqni işga tuşirdi. TechCrunch naşri xabar berişiça, yangi bölim Whoop ilovasi içida paydo böladi va barça a’zolik tariflaridagi foydalanuvçilarga qöşimça tölovsiz taqdim etiladi.

Whoop Humans’da dösti maşğulotining xaritasi

Humans’da istalgan Whoop a’zosiga obuna böliş va qaysi ma’lumotlarni ulaşişni özi tanlaş mumkin: uyqu, tiklaniş darajasi, maşğulotlar va yutuqlar. Obunaçilar bu postlarga reaksiya bildirib, izoh qoldira oladi, foydalanuvçilar esa öz ma’lumotlariga surat va izoh qöşa oladi. Masalan, murabbiy mijozlarini kuzatişi mumkin, biroq mijozlar bir-birining ma’lumotlarini körmaydi. Kompaniyaning hozirgi Teams funksiyasidan mijozlarning yarmidan sal köpi foydalanadi: u guruhlar va reytinglarga asoslangan bölib, guruhdagi hamma bir-birining ma’lumotlarini köradi.

Whoop boş direktori Uill Ahmedning söziga köra, ma’lumot ulaşiş faqat foydalanuvçining öz xohişi bilan amalga oşiriladi. A’zolar qaysi körsatkiçlarni körsatişni tanlaydi, obunaçilarni öçira oladi, Stealth Mode rejimi yordamida esa sozlamalarni özgartirmasdan bir neça kunga «ğoyib» bölişi mumkin. Maxfiy deb belgilangan faoliyatlar standart holatda ulaşilmaydi, salomatlik bildirişnomalari va tibbiy ma’lumotlar esa umuman körsatilmaydi. Ahmedning ta’kidlaşiça, Whoop foydalanuvçilar ma’lumotlarini sotmaydi va uçinçi tomonlarga litsenziyalamaydi. Platformadan foydalaniş uçun minimal yoş 13 yoş, ayrim mamlakatlarda esa undan yuqori.

Whoop Humans’dagi maxfiylik sozlamalari

Ahmedning aytişiça, beta-test davomida foydalanuvçilar kimdir deyarli mukammal emas, balki past tiklaniş körsatkiçini e’lon qilganida faolroq munosabat bildirgan. U yangi funksiyadan oilalar, masalan, keksa ota-onasining ahvolini kuzatmoqçi bölgan katta yoşdagi farzandlar faol foydalanişini kutmoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga köra, Whoop’da 1200 ga yaqin xodim işlaydi, dasturiy platforma a’zoligi esa uç yil ketma-ket yiliga 70 foizdan ziyod östi. Yil oxirigaça a’zolar soni qariyb 4 mln kişiga yetişi kutilmoqda. Ahmed daromad va foyda haqida ma’lumot bermadi, biroq Whoop kelajakda «albatta IPO’ga çiqişini» aytdi. Şuningdek, kelasi yilning martidan Whoop qurilmalari Ulta dökonlarida sotila boşlaydi: dastlab taxminan 500 ta dökonda, keyinçalik esa 1000 dan ortiq dökonda.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar