Amerikaning CrowdStrike kiberxavfsizlik kompaniyasi 2026-yil 23-noyabr kuni tarmoq xavfsizligi yeçimlarini işlab çiquvçi Zscaler’ni sotib oliş haqida kelişuvga erişganini e’lon qildi. CNBC xabar berişiça, bitim töliq aksiyalar hisobidan amalga oşiriladi va 43,9 mlrd dollarga baholangan. Zscaler aksiyadorlari har bir aksiyasi uçun CrowdStrike’ning 1,135 ta aksiyasini oladi.
Bu CrowdStrike tarixidagi eng yirik xarid bölib, soha böyiça ham eng katta bitimlardan biri hisoblanadi. Kelişuv Ostinda (Texas) joylaşgan kompaniyani tarmoq xavfsizligi bozoriga olib kiradi. Bitim CrowdStrike’ning 2028-moliya yilining ikkinçi yarmida yakunlanişi kutilmoqda. Kompaniya hujjatlariga köra, buning uçun boşqa şartlar qatori Zscaler aksiyadorlarining roziligi kerak, ayrim hollarda kelişuv bekor qilinsa, Zscaler 1,4 mlrd dollar tölaşi mumkin.

E’lon qilingan kuni CrowdStrike aksiyalari 9 foizga arzonlaşdi, Zscaler qimmatli qoğozlari esa qariyb 18 foizga qimmatladi. Juma kungi savdolar yakuniga köra, ikki kompaniyaning birgalikdagi bozor qiymati 265 mlrd dollardan oşgan. Bu raqobatçi Palo Alto Networks’ning 282 mlrd dollarlik qiymatidan keyingi körsatkiçdir. Investorlar yangi aksiyalar çiqarilişi tufayli mavjud aksiyadorlarning uluşi kamayişidan xavotir bildirgan.
CrowdStrike rahbari George Kurtz CNBC’ning Mad Money dasturida bitimni «ğolib kombinatsiya» deb atadi. Uning söziga köra, CrowdStrike’ning Falcon platformasi qurilmalar va bulutni himoya qiladi, Zscaler esa ularni bağlovçi tarmoqlar xavfsizligini qöşadi. Kurtz kompaniyalarning umumiy mijozlari atigi 2000 ga yaqin ekanini, ya’ni CrowdStrike’dan foydalanmaydigan taxminan 8000 Zscaler mijozi borligini aytdi. Uning hisob-kitobiça, xarid kompaniyaning potensial bozorini taxminan 185 mlrd dollarga kengaytiradi.
CrowdStrike bitim bilan bir vaqtda uçinçi çorak hisobotini ham e’lon qildi: daromad 1,58 mlrd dollarni taşkil etdi, aksiya boşiga foyda esa 34 sentga teng böldi. LSEG tahlilçilari 1,53 mlrd dollar daromad va 31 sent foyda kutgan edi. Kompaniya hisobotni dastlab 1-dekabrga rejalaştirgan, biroq uni bitim e’loni bilan bir kunga köçirgan.
Sun’iy intellekt asosidagi hujumlar kuçayişi fonida kiberxavfsizlik bozorida yirik birlaşuvlar davom etmoqda. Google Wiz’ni 32 mlrd dollarga sotib oliş haqida kelişgan, Cisco 2024-yilda Splunk’ni qariyb 28 mlrd dollarga xarid qilgan, Palo Alto Networks esa 25 mlrd dollarlik CyberArk bitimini 2026-yilda yakunlagan.