CarNewsChina naşri xabar berişiça, Changan’ga qaraşli Avatr brendi uç elektr motorli Avatr 06T universalida törtala ğildirak şinasi yorilişi sinovini ötkazdi. Sinov Xitoyning Chongqing şahridagi Dianjiang poligonida bölib ötdi va jonli efirda namoyiş etildi. Bu vaqtda avtomobil rulida Avatr prezidenti ötirgan.

Avtomobil soatiga 145 km tezlikkaça tezlaşdi, söngra uning törtala ğildiragi teşildi va şinalardagi bosim keskin tuşib ketdi. Naşr ma’lumotiga köra, maşina harakat traektoriyasidan çetga çiqmadi va muvaffaqiyatli sekinlaşdi. Avatr vakillari buni Taihang Intelligent Control 2.0 tizimi bilan bağladi: u tormozlaş kuçini tört ğildirak örtasida taqsimlaydi hamda çap va öng tomon örtasidagi moment farqini sozlaydi. Bunda orqa öqdagi ikkita elektr motor ham yordam beradi.

Avatr prezidenti Yong Jun 06T hatto soatiga 220 km tezlikda ham törtala şina yorilişiga bardoş bera olişini aytdi, biroq bu efirda körsatilmadi. Buning örniga jonli efirda 0 dan 100 km/soatgaça tezlaşiş, trassada 240 km/soat tezlik, 40 xil yöl qoplamasida harakat hamda 50 km/soat tezlikda tösiqqa 50 foiz siljitilgan holda peşonaviy töqnaşuv sinovlari namoyiş etildi. Töqnaşuv sinovida prezident avtomobil içida bölmagan. Naşr bu namoyişni BYD’ning Seal 07 modelida yaqinda ötkazilgan öxşaş sinoviga javob deb baholadi.
Avatr 06T uzunligi 4940 mm, kengligi 1960 mm, balandligi 1455 mm, ğildiraklar oraliği esa 2940 mm. Bazaviy versiya ikki motorli va orqa ğildirak yuritmali: uning quvvati batareyaga (72,9 yoki 87,3 kWh) qarab 450–502 kW, CLTC sikli böyiça yuriş masofasi 652–741 km. Uç motorli tört ğildirak yuritmali eng kuçli versiya 712 kW (955 ot kuçi) quvvatga ega, 0 dan 100 km/soatgaça 2,8 soniyada tezlaşadi va 87,3 kWh batareya bilan 680 km gaça yuradi. 1,5 litrli masofa oşiruvçi dvigatelga ega EREV versiyasi esa jami 1250 km masofani bosib öta oladi.
Xitoyda modelning narxi 219 900 dan 279 900 yuangaça (taxminan 32 930–41 915 dollar). Biroq sotuvlar hozirça kamtar: China EV DataTracker ma’lumotlariga köra, 2026-yil oktyabr oyida atigi 665 dona Avatr 06T xaridorlarga topşirilgan.