Apple öz tarixidagi birinçi aqlli közoynaklarni 2027-yil iyunida bölib ötadigan WWDC dasturçilar konferensiyasida taqdim etişni va ularni şu yil oxirigaça sotuvga çiqarişni rejalaştirmoqda. Bu haqda Bloomberg muxbiri Mark Gurman 15-noyabr kuni öz «Power On» axborotnomasida yozdi, MacRumors naşri esa uning tafsilotlarini keltirdi.

Apple aqlli közoynaklari konsepti

Gurman’ning xabar berişiça, Apple apparat qismini asosan yakunlagan, biroq dasturiy ta’minot va sun’iy intellekt ustidagi işlar rejadan orqada qolmoqda. Şu sababli 2027-yilga möljallangan çiqiş muddati keçikişi mumkin. Işçi prototiplar N50 kodi bilan yuritiladi: ular Meta’ning ikkinçi avlod Ray-Ban közoynaklaridan biroz ingiçkaroq, ayrim nusxalarda oval kamera teşiklari gardişning öziga joylaştirilgan. Old tomondagi çiroq qurilma işlayotganini yoki quvvatlanayotganini bildiradi.

Birinçi modelda kengaytirilgan reallik ekrani bölmaydi. Foydalanuvçi közoynak bilan Siri orqali muloqot qiladi: ovozli yordamçi kameralar yordamida atrofdagi narsalar haqidagi savollarga javob beradi. Masalan, binolarni aniqlaş, muzlatgiçdagi mahsulotlardan taom taklif qiliş, yöl körsatiş, yozuvlar va suhbatlarni tarjima qiliş imkoniyatlari rejalaştirilgan. Qönğiroqlar, xabarlar, iPhone bildirişnomalari, musiqa va aqlli uy boşqaruvi ham qöllab-quvvatlanadi.

Apple’ning asosiy ustunligi ilovalar ekotizimi bölişi kutilmoqda. Dasturçilar közoynak uçun alohida ilova yaratmaydi: ular öz iPhone ilovalaridagi ma’lum funksiyalarni Siri orqali boşqarişga ruxsat beradi, masalan, restoranda stol band qiliş, taksi çaqiriş yoki kino çiptasi sotib oliş. Barça hisob-kitoblarni juftlangan iPhone bajaradi. Hozirgi rejalarga köra, közoynaklar uçun yangi iPhone modellaridan biri talab qilinadi, Android esa qöllab-quvvatlanmaydi.

Gurman’ning yozişiça, prototiplar visionOS 28 ning soddalaştirilgan versiyasida işlaydi va Apple Watch’ning eski çiplari asosidagi protsessordan foydalanadi. Siri’ning ilovalarni boşqariş funksiyasi esa iOS 27.3 ning birinçi beta-versiyasida paydo böla boşlagan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar