Közoynak işlab çiqaruvçi Gentle Monster va Warby Parker brendlari Samsung va Google bilan birgalikda yaratilgan ilk Android XR aqlli közoynaklarini taqdim etdi. Road to VR naşri xabar berişiça, har ikki brend modellariga oldindan buyurtmalar allaqaçon oçilgan, dökonlarda va onlayn sotuv esa 2026-yil 10-dekabrdan boşlanadi. Közoynaklarni ayrim Google Store dökonlarida va hamkor savdo nuqtalarida sinab köriş mumkin. Ular Meta AI emas, balki Google’ning Gemini yordamçisi bilan işlaydi.

Gentle Monster’ning Android XR közoynaklari

Gentle Monster jami oltita dizayn tayyorlagan, ularning narxi 449 dollardan 489 dollargaça. Ayrim modellar töq qizil, puşti, kulrang va sariq ranglarda, linzalar esa tonlangan, şaffof, kök va jigarrang variantlarda taklif etiladi. Kompaniya ma’lumotiga köra, aksariyat ramkalarga dioptriyali linzalar örnatiş mumkin. Dastlab bu közoynaklar faqat AQŞ va Janubiy Koreyada sotiladi.

Warby Parker esa Alden, Reid va Wren nomli uçta model çiqardi: optik va quyoşdan himoya qiluvçi versiyalar narxi 395 dollardan boşlanadi. Ular Pine, Saddle va Jet Black ranglarida taklif etiladi va faqat AQŞda sotiladi. Road to VR ta’kidlaşiça, yangi közoynaklar Meta’ning Ray-Ban yoki Oakley brendisiz 300 dollarlik aqlli közoynaklaridan qimmatroq.

Android XR aqlli közoynaklari

Birinçi avlod Android XR közoynaklari Qualcomm Snapdragon AR1 Gen 1 çipida işlaydi. Ularda indikator çiroqli, HDR va tasvir stabilizatsiyasiga ega bitta 12 Mp ultra keng burçakli kamera, fazoviy ovozni yozib oluvçi mikrofonlar majmuasi va quloqqa tegmaydigan dinamiklar bor. Bir marta quvvatlanganda közoynak 9 soatgaça işlaydi, zaryadlovçi ğilof esa uni yana yetti marta quvvatlay oladi. Közoynaklar Android va iOS smartfonlari bilan mos keladi.

Maxfiylik masalasida Google kamera orqali Gemini’ga uzatilgan tasvirlar Gemini History’da saqlanmasligi, sun’iy intellekt modellarini öqitiş va reklama uçun işlatilmasligini ma’lum qildi. Gemini ularni qayta işlaşidan oldin begona odamlarning yuzlari avtomatik yaşiriladi. Foto yoki video olinayotganda indikator yonadi, u yopilsa yoki öçirilsa, yozib oliş töxtaydi. Közoynakdagi va uzatilayotgan ma’lumotlar şifrlanadi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar