Dunyodagi eng yirik kontrakt çip işlab çiqaruvçisi TSMC hozirgi va sobiq xodimlarining şaxsiy ma’lumotlari internetga sizib çiqqanini tasdiqladi. BleepingComputer naşri xabar berişiça, bundan avval xaker taxminan 6,9 GB hajmdagi öğirlangan ma’lumotlarni auksionga qöygan edi.

Kompaniya AQŞ Qimmatli qoğozlar va birjalar komissiyasiga (SEC) taqdim etgan hujjatda ayrim xodimlar ma’lumotlari taşqi saytda paydo bölganini, biroq TSMC tizimlari buzilganiga hozirça dalil topilmaganini ma’lum qildi. Tekşiruv natijasida sizib çiqqan ma’lumotlar bulut xizmati provayderining tizim xizmatlarida saqlangan ma’lumotlarga mos kelişi aniqlangan. Bu buzib kiriş kompaniyaning öz infratuzilmasidan taşqarida sodir bölganini körsatadi. TSMC hodisa işlab çiqarişga va mijozlarga ta’sir qilmasligini, zarar körgan xodimlarni xabardor qilib, ularga yordam körsatayotganini hamda uçinçi tomon kiberxavfsizlik kompaniyasini jalb qilayotganini bildirdi.

Xakerlar forumida TSMC ma’lumotlari sotuvga qöyilgani haqidagi e’lon

8-noyabr kuni SmithBianl taxallusli xaker xakerlar forumida 499 qatordan iborat matn faylini e’lon qilgan. U buni 46 ming xodim yozuvini öz içiga olgan 6,9 GB hajmdagi ma’lumotlar töplamidan namuna sifatida taqdim etgan. Auksion 3 BTC dan (taxminan 65 ming dollar) boşlangan. Xaridor topilmasa, ma’lumotlar bir hafta içida bepul e’lon qilinişi aytilgan, birinçi muddat 15-noyabr edi. Xabarlarga köra, namunada milliy identifikatsiya raqamlari, manzillar, aloqa ma’lumotlari va bank rekvizitlari bölgan.

BleepingComputer TSMC’dan xaker bilan aloqaga çiqqan-çiqmagani va tölov qiliş niyati bor-yöqligini söragan, biroq kompaniya vakili izoh berişdan boş tortgan. TSMC Apple va Nvidia kabi kompaniyalar uçun protsessorlar işlab çiqaradi. Ötgan yili kompaniya taxminan 15 mln dona 12 dyuymli plastina ekvivalentini jönatgan va 122,4 mlrd dollar daromad olgan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar