Trezor kompaniyasi Janubi-Şarqiy Osiyodagi CryptoBilis sotuvçisi orqali sotilgan uçta Trezor Safe 5 apparat hamyonida zararli apparat implantlari borligini tasdiqladi. BleepingComputer naşri xabar berişiça, uçala qurilma ham 2026-yil 20-avgustdan 23-sentabrgaça CryptoBilis’ning Tokopedia va Shopee’dagi dökonlari hamda sotuvçining özidan sotib olingan.
Oktabr oyida Indoneziyadagi CryptoBilis’dan Safe 5 sotib olgan xaridor qurilma içida ruxsatsiz örnatilgan plata topgan edi. Öşanda Trezor qurilmani hali qölga olmagani sababli implantning imkoniyatlarini tasdiqlay olmagan. Kompaniya keyinçalik bu hamyonni öz laboratoriyasida örgandi, yana ikkita zararlangan qurilmani esa egalarining fotosuratlari orqali aniqladi. Trezor ogohlantirişidan söng CryptoBilis’ning 48 nafar mijozi kompaniyaga murojaat qilgan, hozirgaça heç kim mablağ yöqotganini ma’lum qilmagan.

Trezor tahliliga köra, implant Safe 5’ning asosiy platasi bilan displeyi orasiga joylaştirilgan alohida plata hisoblanadi. U rasmiy mikrodastur va Secure Element çipini özgartirmaydi, faqat ekranda körsatilayotgan ma’lumotlarni kuzatadi. Yangi hamyonning zaxira nusxasini yaratiş yoki hamyonni tiklaş paytida ekranda çiqadigan tiklaş sözlarini, şuningdek qöşimça parol iboralarini uşlab qoladi. Ma’lumotlar şifrlanib, mobil tarmoq orqali hujumçilar serveriga yuboriladi. Aloqa bölmasa, implant ularni saqlab qöyadi va qayta-qayta urinib köradi.
Kompaniya 11-noyabr kuni 2.13.1 versiyali mikrodasturni çiqardi. Trezor ma’lumotiga köra, u örnatilgan qurilmalarda hozirgaça topilgan implantlar heç narsani uşlab qola olmaydi, ya’ni ular foydasiz bölib qoladi. Biroq yangilaniş örnatilgunga qadar öğirlab ulgurilgan tiklaş iboralarini himoya qilmaydi. Şu bois CryptoBilis’dan hamyon sotib olganlarga mablağlarni yangi tiklaş iborasi bilan yaratilgan yangi hamyonga ötkaziş tavsiya etiladi.

Bundan taşqari, Trezor ta’minot zanjiri xavfsizligi talablarini kuçaytirib, global sotuvçilar tarmoğini taxminan 80 foizga qisqartirdi. Kompaniya 2026-yil martidan beri CryptoBilis’dan Trezor hamyonini sotib olgan barça xaridorlarga, hatto qurilmasi zararlangani tasdiqlanmagan bölsa ham, uni almaştirib beriş taklif qilmoqda. Boşqa sotuvçilarning qurilmalarida implant topilmagan. Ilgari CryptoBilis orqali sotilgan Ledger hamyonlarida ham şunday implantlar aniqlangan va ular kriptovalyuta öğirliklari bilan boğlangan edi.