Apple’ning buklanadigan iPhone Duo smartfonini sotib olganlarning taxminan uçdan bir qismi uni ikki hafta içida qaytarib, pulini olgan. Bu haqda 9to5Mac naşri öz öquvçilari örtasida ötkazgan sörovnoma natijalariga tayanib iXBT.com xabar berdi. Sörovnomada qariyb 6000 kişi iştirok etgan.

Apple iPhone Duo buklanadigan smartfoni

Apple iPhone Duo’ni ilk iPhone’dan beri smartfondagi eng muhim özgariş deb ataydi. Qurilma taşqi ekranining ğayrioddiy nisbatlari va u bilan işlaşning boşqaçaroq usuli bilan ajralib turadi. Şu sababli ayrim xaridorlar smartfonni Apple’ning 14 kunlik qaytariş muddati davomida sinab körib, keyin undan voz keçgan bölişi mumkin.

Foydalanuvçilar qurilmani turli sabablarga köra qaytarişgan. Ayrimlarini Face ID yöqligi va uning örniga Touch ID’dan foydalaniş kerakligi qoniqtirmagan. Boşqalar kameralar yoki kiçik taşqi ekrandan norozi bölgan. Yana bir guruh foydalanuvçilar töliq ölçamli ekranga ega böliş uçun smartfonni har safar oçiş noqulay ekanini aytgan.

9to5Mac naşrining yozişiça, ayrim egalar qurilmani juda oğir va qalin deb hisoblagan, uning kameralarini esa iPhone 18 Pro’nikidan zaifroq deb baholagan. Kontent muallifi Ben Seligson ham iPhone Duo’dan voz keçganlar qatorida.

Bir foydalanuvçi esa smartfonning şarniriga Sahroi Kabir qumi kirib qolganini, natijada qurilmadan ğijirlagan ovoz çiqib, u oxirigaça oçilmay qolganini ma’lum qilgan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar