Xitoyning CATL kompaniyasi yengil avtomobillar uçun batareya almaştiriş tarmoğini 2027-yilda 6000 ta stansiyagaça kengaytirmoqçi. CnEVPost naşri xabar berişiça, kompaniya bu rejani juma kuni e’lon qilgan bayonotida ma’lum qildi. Barça stansiyalar CATL’ning Choco tarmoğiga kiradi.

Rejaga köra, 5000 ta stansiya şaharlarda quriladi: ular yirik şaharlarning markaziy qismlarida almaştiriş nuqtasigaça 10 daqiqada yetib boriş imkonini berişi kerak. Yana 1000 ta stansiya avtomagistrallarda joylaşadi va şimoldan janubga 11 ta, ğarbdan şarqqa 9 ta yönalişdan iborat tarmoq hosil qiladi. Tarmoq Sanşa şahridan taşqari Xitoyning barça prefektura darajasidagi va markazga böysunuvçi şaharlarini, jami 297 ta şaharni qamrab oladi.

CATL’ning 6000 ta stansiyadan iborat Choco tarmoği xaritasi

CATL 2025-yil oxirigaça 1020 ta Choco stansiyasini qurgan edi. 2026-yil iyulida ularning soni 2000 taga yetdi, 29-sentabr holatiga esa 2520 tani taşkil etdi. Avvalroq kompaniya 2026-yil oxirigaça Xitoyda 3000 dan ortiq stansiya qurişni rejalaştirganini aytgan edi.

Taqqoslaş uçun: Nio Power ma’lumotlariga köra, 13-noyabr holatiga Nio’ning Xitoyda 4254 ta batareya almaştiriş stansiyasi bor, ulardan 1081 tasi avtomagistrallarda joylaşgan. Nio 2024-yilda 679 ta, 2025-yilda 681 ta stansiya qöşgan va 2026-yilda 1000 dan ortiq yangi stansiya qurişni maqsad qilgan. Agar ikkala kompaniya ham rejalarini bajarsa, CATL 2027-yilda Nio’dan özib ketişi mumkin, biroq bu qurilişning haqiqiy sur’atiga bağliq.

Choco batareyalari bilan işlaydigan Arcfox Beta T1

Tarmoqqa boşqa avtomobil işlab çiqaruvçilar ham qöşilmoqda. 2026-yil oktabrida BAIC Group CATL bilan hamkorlikni çuqurlaştiriş haqida kelişuv imzoladi, Huawei’ning aqlli avtomobillar bölinmasi ham Choco ekotizimiga qöşildi. 13-noyabr kuni BAIC’ga qaraşli Arcfox brendi Beta T1 modelining Choco batareyalari bilan işlaydigan va batareyani 99 soniyada almaştiriş imkonini beradigan versiyasini sotuvga çiqardi.

CATL Choco batareyalari uçun boşqaruv xizmatini ham taqdim etdi: tizim avtomobil içida 53 ta, almaştiriş paytida esa yana 13 ta çuqurroq tekşiruv ötkazadi, jumladan izolyatsiya holati, issiqlik nazoratidan çiqiş xavfi va kuçlaniş farqlarini tekşiradi. Kompaniya raisi Robin Zeng fikriça, natriy-ionli batareyalarning yuriş masofasi kundalik şahar qatnovlari uçun yetarli, stansiyalar soni köpaysa esa uzoq safarlar bilan bağliq xavotirlar kamayadi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar