Bitkoin narxi 13-noyabrga ötar keçasi 68 ming dollargaça tuşib, avgust oyidan beri eng past darajaga yetdi. CoinDesk naşri xabar berişiça, yetakçi kriptovalyuta oktyabr boşidan buyon 20 foizdan köproq qadrsizlangan. Schwab moliyaviy tadqiqotlar markazining kripto tadqiqotlari rahbari Jim Ferraioli’ning aytişiça, keskin savdo AQŞ şarqiy vaqti bilan soat 23:00 atrofida yuz bergan.
Pasayiş sabablari orasida eng köp tilga olinayotgani — Anthropic kompaniyasining birjaga çiqişi. Naşr ma’lumotiga köra, IPO’ga obuna uçun berilgan buyurtmalar taklif qilinayotgan aksiyalardan olti baravar köp bölgan. Reuters’ga tayanib yozilişiça, kompaniya IPO orqali 64,4 mlrd dollargaça mablağ jalb qilişi mumkin. Xapo Bank boş direktori Seamus Rocca investorlar Anthropic aksiyalarini sotib oliş uçun likvid bozorlardan kapital çiqarayotganini aytib, buni SpaceX IPO’si davridagi holatga öxşatdi. Uning fikriça, bitkoin baribir «nisbatan yaxşi bardoş bermoqda».

Bozor kayfiyatiga Nvidia’dagi janjal va Jensen Huang’ning kutilmaganda kompaniya rahbarligini tark etişi ham ta’sir qilgan. Bundan taşqari, eng köp bitkoinga ega Strategy kompaniyasining MSCI indekslaridan çiqarilişi indeks fondlarini uning aksiyalarini sotişga majbur qilişi mumkinligi xavotir uyğotmoqda. Oğir inflyatsiya, siyosiy noaniqlik va kiberxavfsizlik hodisalari ham omillar qatorida sanalmoqda. Kripto bozorida esa qisqa pozitsiyalar hajmi avgustdagi eng yuqori darajadan oşgan, BlackRock’ning IBIT fondidan katta hajmda mablağ çiqib ketgan, bozor kayfiyati «haddan taşqari qörquv» holatida.
Biroq barça mutaxassislar ham Nvidia bilan bevosita boğliqlikni körmayapti. Risk Dimensions kompaniyasidan Mark Connors «bevosita ta’sir yöq» deb, vaziyatni AI bilan boğliq aktivlardan ommaviy voz keçiş deb atadi. Hyperium Decimus’dan Chris Sullivan ham bu holatda «mantiqiy boğliqlik yöqligini» ta’kidladi.
Strive boş direktori Matt Cole X’dagi postida bitkoin SpaceX’ning iyundagi 75 mlrd dollarlik IPO’sidan oldingi 50 kunda 19 foizga, Anthropic listingidan oldin esa 18 foizga arzonlaganini qayd etdi. Uning yozişiça, SpaceX holatida bitkoin IPO’dan 18 kun ötib eng past nuqtaga tuşgan, 100-kunga kelib esa 28 foizga qimmatlagan. «Agar Anthropic ham şu yöldan borsa, pasayişning asosiy qismi ortda qoldi», — dedi u. Bu ssenariy amalga oşsa, bitkoin fevral oxiriga borib 90 ming dollar atrofiga çiqişi mumkin. Biroq naşr SpaceX davridagi pasayiş Strategy bilan boğliq xavotirlarga ham töğri kelganini, şu sababli IPO ta’sirini alohida ajratib bölmasligini eslatadi.