Rossiyaning Skolkovo fondi Toşkentda öz brendi ostidagi sun’iy intellekt markazini 2027–2028-yillarda oçişni kutmoqda. UzDaily naşri xabar berişiça, bu haqda fondning boşqaruvçi direktori Timur Kornilov 13-noyabr kuni FINOBOD 2026 forumining «Raqamli Özbekiston – Markaziy Osiyoning innovatsion markazi» mavzusidagi yalpi sessiyasida ma’lum qildi. Uning söziga köra, markaz yöl xaritasi tasdiqlanganidan söng oçiladi. Fond 2026-yil sentabr oyida Özbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelişuv imzolagan.

Sessiya moderatori Anna Zabroda bir yil oldin Skolkovo brendi ostida AI markazi va qöşma pilot loyihalar rejalaştirilgani haqida xabarlar tarqalganini eslatdi. Biroq uning aytişiça, natijalar haqida e’lon qilingan yangiliklarni topa olmagan. Kornilov bu ğoya ilk bor 2024-yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari qatnaşgan forumda ilgari surilganini aytdi: unda Özbekistonda Skolkovo filialini oçiş hamda sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyot böyiça ekspertlar kengaşini tuziş közda tutilgan.
Kornilovning ma’lum qilişiça, Skolkovo’ning Rossiyadagi AI markazida 140 dan ortiq kişi işlaydi, markazning öz loyihalari iqtisodiyotning bir qança tarmoqlarida qöllanmoqda. Fond sun’iy intellektdan xavfsiz foydalanişga alohida e’tibor qaratadi va biznes rahbarlari uçun AI’ni biznesda qöllaş böyiça dastur işga tuşirgan. Özbekistonda esa qişloq xöjaligi, sanoat, soğliqni saqlaş va boşqa sohalarda 60 dan ortiq sun’iy intellekt loyihasi tasdiqlangan.

Skolkovo Özbekiston bilan 2018-yildan beri, MDH davlatlarining 2030-yilgaça möljallangan davlatlararo innovatsion hamkorlik dasturi doirasida işlab kelmoqda. Bu dasturni fondning özi muvofiqlaştiradi. Hamkorlar qatorida Innovatsion rivojlaniş agentligi, qişloq xöjaligi va raqamli rivojlaniş sohasidagi vazirliklar bor. Dastur doirasidagi tijoratlaştiriş markazi NUU maxsus iqtisodiy zonasi va IT Park’da faoliyat yuritadi.
Skolkovo’ning 3500 ta rezident kompaniyasidan 70 ga yaqini Özbekistonda faoliyat yuritadi. Kornilov bu körsatkiçni nisbatan past deb atadi va fond uni oşiriş ustida işlaşini aytdi. Ustuvor yönalişlar qatorida sun’iy intellekt, agrotexnologiyalar, sanoat va energetikani raqamlaştiriş, aqlli şaharlar, kiberxavfsizlik, soğliqni saqlaş va ta’lim texnologiyalari tilga olindi.