Xitoyda işlab çiqilgan CE-25A elektr yölovçi samolyoti 2026-yil 14-noyabr kuni birinçi marta bortida odamlar bilan sinov parvozini amalga oşirdi. Bu haqda CGTN telekanali xabar berdi. Parvoz Şandun provinsiyasidagi Binçjou şahri ustida bölib ötdi: samolyotni ikki uçuvçi boşqardi, bortda yana bir sinovçi muhandis bor edi.

Parvoz 16 daqiqa 38 soniya davom etdi, bu vaqt içida samolyot 60,4 km masofani bosib ötdi. Işlab çiquvçilarning ma’lum qilişiça, bort tizimlari me’yorida işlagan va ularning körsatkiçlari hisob-kitob qilingan qiymatlarga mos kelgan. Samolyotning vazni taxminan 10 tonnani taşkil etadi.

CE-25A elektr samolyoti sinov parvozi paytida

CE-25A’ni Xitoy tijorat samolyotsozlik korporatsiyasi (COMAC) batareya işlab çiqaruvçi CATL, Şanxay Jiaotong universiteti va boşqa hamkorlar bilan birgalikda yaratgan. Bu kompaniyaning elektr dvigatelli ilk tijorat samolyoti bölib, u şaharlararo qisqa yönalişlar uçun möljallangan.

Samolyot 19 nafargaça yölovçini taşiy oladi. Uning kruiz tezligi soatiga 300 km, maksimal parvoz balandligi 2400 metrgaça, bir marta quvvatlanişdagi uçiş masofasi esa 400 km ni taşkil etadi. Samolyot halqasimon qobiqlar içidagi ventilyatorlarni aylantiruvçi 10 ta elektr dvigatel bilan jihozlangan — har bir qanotda beştadan.

COMAC CE-25A samolyoti uçiş yölagida

Odamlar bilan uçişdan oldin prototip 2-fevraldan boşlab 19 ta uçuvçisiz sinov parvozini amalga oşirgan. Xitoy aviatsiya regulyatorlari CE-25A’ni sertifikatlaş uçun arizani qabul qilgan. Sertifikat olinsa, model muntazam tijorat reyslarida foydalanilişi mumkin.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar