OpenAI 2026-yil 13-noyabr kuni ChatGPT Wallet xizmatini taqdim etdi. TechCrunch naşri xabar berişiça, yangi hamyon kompaniyaning dots deb ataluvçi AI agentlariga foydalanuvçi nima sotib oliş kerakligini tanlaşda yordam berib, xaridni uning nomidan yakunlaş imkonini beradi.

Hozirça funksiya faqat AQŞda va çeklangan sondagi foydalanuvçilar uçun işlaydi. Undan 18 yoşdan oşgan, AQŞda çiqarilgan Visa, Mastercard yoki American Express kartasiga ega ChatGPT Pro obunaçilari foydalana oladi. OpenAI bu bosqiçda xizmatni sinab, uni kengroq auditoriyaga çiqarişdan oldin takomillaştirmoqçi.

OpenAI’ning dots AI agentlari

Kompaniya xaridlar töliq foydalanuvçi nazoratida ekanini ta’kidlamoqda. Tölovdan oldin foydalanuvçi tovarlar, umumiy summa va karta ma’lumotlarini köradi, keyin esa har bir xaridni Face ID yoki barmoq izi kabi xavfsizlik tekşiruvi bilan tasdiqlaydi. Karta bir marta qöşiladi va har safar ma’lumotlarni qayta kiritiş talab qilinmaydi. Wallet kartadan haqiqiy raqam örniga tölov tokeni orqali pul yeçadi, şu sababli na agent, na sotuvçi karta raqamini köradi. Agent sotuvçiga faqat buyurtmani bajariş uçun zarur ma’lumotlarni, masalan, yetkazib beriş manzili va aloqa ma’lumotlarini uzatadi. Bunda karta bonuslari va tranzaksiyani e’tiroz qiliş kabi himoya imkoniyatlari saqlanib qoladi.

Kelajakda OpenAI xarajatlar limiti, xarid toifasi va vaqt böyiça çeklovlar, şuningdek agent mustaqilroq bajara oladigan oldindan tasdiqlangan xaridlarni qöşişni rejalaştirmoqda. Kompaniya köproq dökonlarni qöllab-quvvatlaşga ham va’da berdi va AI agentlari orqali savdoni yölga qöymoqçi bölgan sotuvçilar uçun Commerce Partner Playbook qöllanmasini e’lon qildi.

Biroq barça dökonlar ham AI agentlarini qabul qilmayapti. Naşr ma’lumotiga köra, Amazon agentlarni taqiqlagan eng yirik sotuvçi hisoblanadi va foydalanuvçilarni öz Alexa agentiga yönaltirmoqda. Şuningdek, DoorDash AI agentlaridan atigi bir neça yuz buyurtma olganini, Uber esa taksi çaqiriş uçun agentlardan deyarli heç kim foydalanmayotganini ma’lum qilgan.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar