BYD’ning Fang Cheng Bao brendi olti örindiqli yirik plagin-gibrid SUV Ti 9 modelini 2026-yil 19-noyabrda Xitoyda, Guangzhou avtosaloni arafasida rasman taqdim etadi. CarNewsChina naşri xabar berişiça, model uçun dastlabki röyxatdan ötkaziş 29-sentabrda, mamlakat böylab buyurtmalar qabul qiliş esa 9-noyabrda boşlangan. Şu kuni BYD’ning Sian şahridagi zavodida işlab çiqarilgan Ti 9 kompaniyaning 19 milloninçi yangi energiyali avtomobili böldi.

Brend boş menejeri Xiong Tianbo 14-noyabrda Weibo’da ma’lum qilişiça, körgazma avtomobillari 12 ta şahardagi 21 ta dilerlik markaziga yetib borgan, yana 20 ta şaharga jönatiş davom etmoqda.

BYD Fang Cheng Bao Ti 9 gibrid SUV’i

Ti 9 — Fang Cheng Bao’ning BYD DMS gibrid platformasiga va yaxlit kuzovga ega birinçi modeli. Brendning yöltanlamas Bao 5 va Bao 8 modellari (xalqaro bozorda Denza B5 va B8 nomi bilan sotiladi) esa ramali DMO arxitekturasiga qurilgan. Yangi SUV’ning uzunligi 5270 mm, kengligi 1999 mm, balandligi 1850 mm, ğildiraklar oraliği 3130 mm. Salon 2+2+2 sxemasida joylaşgan, yuk bölimi hajmi 655 litr, uçinçi qator yiğilganda esa 1245 litrga yetadi. Qöşimça buyurtma qilinadigan yaşirin tirkama ilgagi 2000 kg gaça yuk tortiş imkonini beradi.

Avtomobil oltinçi avlod DM-i texnologiyasiga asoslangan tört ğildiragi yetakçi gibrid tizimga ega: 1,5 litrli turbo benzin dvigatel 115 kVt (154 ot kuçi) quvvat beradi, old va orqa elektr motorlarning har biri 200 kVt dan, jami 400 kVt (536 ot kuçi). Energiya 66,48 kVt·soatlik ikkinçi avlod LFP Blade batareyasida saqlanadi. WLTC böyiça faqat elektrda yuriş zaxirasi 310 km, CLTC böyiça töliq batareya va bak bilan umumiy zaxira 1630 km, WLTP böyiça esa 1385 km gaça.

Ti 9 SUV’ining salon va texnik jihozlari

BYD ma’lumotiga köra, tezkor quvvatlaş texnologiyasi batareyani 10 dan 70 foizgaça 5 daqiqada, 97 foizgaça esa 9 daqiqada töldiradi. −30°C sovuqda 20 dan 97 foizgaça quvvatlaş 12 daqiqa vaqt oladi. Barça versiyalarda DiSus-A havo suspenziyasi va orqa ğildiraklarni boşqariş tizimi bor. God’s Eye B 5.0 haydovçiga yordam tizimi tomdagi 192 kanalli LiDAR bilan şahar köçalari va avtomagistrallarda işlaydi, xavfsizlikni 13 ta yostiqça ta’minlaydi. Salonda 30 dyuymli asosiy ekran, 50 dyuymli kengaytirilgan reallik proyeksion displeyi, 21,4 dyuymli şift ekrani va 31 dinamikli Devialet audio tizimi örnatilgan.

Rasmiy narx hali e’lon qilinmagan. BYD modelni 400 ming yuan (taxminan 55 300 dollar) sinfiga joylaştirmoqda, dilerlar möljaliga köra esa narx 350–400 ming yuan (taxminan 48 400–55 300 dollar) oraliğida bölişi mumkin, biroq bu tasdiqlanmagan. Ti 9 Li Auto L9, Aito M9 va Denza N9 bilan raqobatlaşişi kutilmoqda.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar