Geely Auto’ning Galaxy sub-brendi 16-noyabr kuni Weibo ijtimoiy tarmoğida Galaxy M8 krossoverining tizerini e’lon qildi. CnEVPost naşri xabar berişiça, kompaniya uni brendning ilk beş örindiqli flagman SUV’i deb ataydi va model yaqin orada debyut qiladi. Biroq taqdimot sanasi ham, narxlar ham hali oşkor etilmagan.

Galaxy M8 avvalroq Xitoy Sanoat va axborotlaştiriş vazirligi (MIIT) yangi avtomobillar katalogining 411-toifasida paydo bölgan. Hujjatlarga köra, bu tomida LiDAR datçigi örnatilgan plagin-gibrid avtomobil.

Geely Galaxy M8 krossoverining MIIT katalogidagi surati

Krossoverning uzunligi 5205 mm, kengligi 1999 mm, balandligi 1800 mm, ğildiraklar oraliği esa 3030 mm ni taşkil etadi. Bu ölçamlar Galaxy M9 bilan bir xil, ammo M9 uç qatorli va olti örindiqli bölsa, M8 ikki qatorli va beş örindiqli. Avtomobil 120 kVt (161 ot kuçi) quvvatli 1,5 litrli turbodvigatel va elektr motorlardan iborat gibrid tizim bilan jihozlanadi, ikki va tört ğildiragi yetakçi versiyalari taklif etiladi. CATL işlab çiqargan litiy-temir-fosfat batareyasi bilan faqat elektr quvvatida 251 km gaça yuriş mumkin.

Naşr ta’kidlaşiça, M8 M-seriyadagi M7 va M9 modellari örtasidagi böşliqni töldiradi. M9 2025-yil sentabrda sotuvga çiqqan va rasmiy saytda çeklangan muddatli narxi 173 800–259 800 yuan qilib belgilangan. Kompakt M7 plagin-gibrid krossoveri esa 2026-yil aprelda 109 800 yuandan (taxminan 16 350 dollar) boşlanadigan narxda sotuvga çiqqan.

Galaxy 2023-yil fevralda mahsulot seriyasi sifatida paydo bölib, 2025-yil martda mustaqil brendga aylangan. 2026-yil oktabrda brend rekord darajadagi 153 385 ta avtomobil sotdi, bu ötgan yilga nisbatan 20,32 foiz köp. Yanvar–oktabr oylarida Galaxy sotuvlari 1 030 569 tani taşkil etib, Geely Auto umumiy sotuvlarining qariyb 40 foiziga teng böldi.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar