Xitoyning Xpeng elektromobil kompaniyasi 16-noyabr kuni 2026-yilning uçinçi çoragi uçun audit qilinmagan moliyaviy natijalarini e’lon qildi. CnEVPost naşri xabar berişiça, kompaniya daromadi 24,28 mlrd yuanni (3,62 mlrd dollar) taşkil etib, rekord darajaga yetdi. Bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 19,1 foiz, oldingi çorakka nisbatan esa 23 foiz köp. Natija kompaniya kutgan körsatkiçning yuqori çegarasidan (23,4 mlrd yuan) taxminan 3,8 foizga oşib ketdi.
Avtomobil sotuvidan tuşgan daromad 21,63 mlrd yuanni taşkil qilib, yillik hisobda 19,8 foiz, çorak hisobida 26,9 foiz östi. Xizmatlar va boşqa yönalişlardan olingan daromad 2,65 mlrd yuan böldi: bu yillik hisobda 13,7 foiz ösiş, biroq oldingi çorakka nisbatan 1,9 foiz pasayişdir. Avtomobillar böyiça marja 13,1 foizgaça kötarildi (ikkinçi çorakda 12,1 foiz edi), umumiy yalpi marja esa 18,9 foizgaça tuşdi (ikkinçi çorakda 20,7 foiz, bir yil oldin 20,1 foiz).

Kompaniyaning sof zarari 870 mln yuan böldi. Bu ikkinçi çorakdagi 1,34 mlrd yuanga nisbatan 35,1 foiz kam, ammo bir yil oldingi 380 mln yuanga nisbatan 127,9 foiz köp. Ilmiy-tadqiqot işlariga 2,85 mlrd yuan sarflandi. 30-sentyabr holatiga köra, Xpeng’ning pul mablağlari va qisqa muddatli investitsiyalari 45,41 mlrd yuanni taşkil etdi, iyun oxirida bu körsatkiç 40,48 mlrd yuan edi.
Uçinçi çorakda Xpeng rekord miqdorda — 118 390 ta avtomobil yetkazib berdi. Bu yillik hisobda 2,05 foiz, oldingi çorakka nisbatan 14,61 foiz köp. Oktyabrda esa kompaniya ilk bor bir oyda 50 mingdan ortiq, ya’ni 50 237 ta avtomobil yetkazib berdi. 29-oktyabrda Xitoyda sotuvga çiqarilgan Mona L05 krossoverining ommaviy yetkazib berilişi 1-noyabrdan boşlandi.

Törtinçi çorak uçun kompaniya 169 000–174 000 ta avtomobil yetkazib berişni kutmoqda, bu yillik hisobda 45,38–49,68 foiz ösiş demakdir. Daromad esa 30,4–31,8 mlrd yuan bölişi kutilmoqda. Bu körsatkiçga erişiş uçun noyabr va dekabrda har oy taxminan 59 382–61 882 ta avtomobil yetkazib beriş kerak böladi.
Xpeng rahbari He Xiaopeng’ning ma’lum qilişiça, kompaniyaning avtomobil biznesi bir neçta yangi model va xalqaro bozorlarga çiqiş hisobiga jadal ösiş davriga kirmoqda. Şuningdek, Xpeng robotaksisi L4 darajasidagi namoyişiy foydalanişga ruxsat oldi, yangi avlod gumanoid roboti esa yil oxirida ommaviy işlab çiqarişni boşlaş maqsadi sari jadal ilgarilamoqda.