Solana blokçeyni 2020-yil mart oyida işga tuşganidan beri foydalanib kelingan «mainnet beta» nomidan voz keçdi. CoinDesk naşri xabar berişiça, bu haqda Solana Foundation 16-noyabr kuni e’lon qildi. Endi tarmoq «Solana mainnet» deb ataladi, «Solana 1.0» esa tarmoq qoidalari uçun umumiy versiya raqamiga aylanadi.

Fond ma’lum qilişiça, Solana işga tuşgan ilk kunidan beri real foydalanuvçilarga xizmat körsatib kelayotgan tarmoq bölib, «beta» belgisi endi uning haqiqiy holatini aks ettirmay qolgan.

Solana logotipi

Nomning özgarişi tranzaksiyalarni öz-özidan tezroq yoki arzonroq qilmaydi. Hamyonlar, SOL tokenlari va ilovalar avvalgidek işlayveradi, foydalanuvçilardan heç qanday harakat talab qilinmaydi.

Yagona versiya raqami tarmoq operatorlari uçun muhim. Solana tarmoğini ta’minlovçi kompyuterlar turli dasturlarda — jumladan, Agave va Firedancer’da işlaşi mumkin, ularning har biri öz reliz raqamlariga ega. Umumiy versiya operatorlarga öz dasturi tarmoqning qaysi qoidalarini qöllab-quvvatlaşini aniq bilişga yordam beradi. Fond yaqinda amalga oşirilgan yangilanişlar qatorida Alpenglow’ni tilga oldi: u validatorlarning kelişuvga eriş usulini özgartiradi va tranzaksiyalarning yakuniy tasdiqlanişini tezlaştiradi.

Alpenglow yangilanişining işga tuşirilişi

DefiLlama va CoinDesk ma’lumotlariga köra, Solana’dagi markazlaşmagan moliya (DeFi) ilovalarida taxminan 4,66 mlrd dollar mablağ joylaştirilgan, tarmoqda qariyb 14 mlrd dollarlik steyblkoinlar muomalada. Söngi 24 soatda markazlaşmagan birjalardagi savdolar hajmi taxminan 1,28 mlrd dollarni taşkil etgan. SOL esa bir kunda qariyb 3 foizga arzonlab, 70 dollar atrofida savdolanmoqda.

Sönggi yangiliklar

Barça yangiliklar